Get Mystery Box with random crypto!

Uzb / Ru Islom Taraqqiyot Banki Guruhining 2023-yil 12-may ku | Orientfinansbank

Uzb / Ru

Islom Taraqqiyot Banki Guruhining 2023-yil 12-may kuni Jidda shahrida (Saudiya Arabistoni) boʻlib oʻtgan yillik yig‘ilishi doirasida «Orient Finans» banki, ITFC (Islom savdo-moliya korporatsiyasi) va XSRIK (Xususiy sektorni
rivojlantirish Islom korporatsiyasi) rahbariyati o‘rtasida muzokaralar tashkil etildi.
Muzokaralar davomida qayta tiklanadigan «yashil» energiya manbalari va Islom bank tizimining yangi dasturlari bilan bog‘liq loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Orient Finans banki va ITFC o‘rtasida 25 million AQSH dollari miqdorida moliyalashtirish liniyasini jalb qilish bo‘yicha yakuniy shartlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu mablag‘lar tadbirkor ayollarni, kichik va o‘rta biznes loyihalarini hamda bank mijozlarining yashil iqtisodiyotga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Shuni taʼkidlab oʻtish joizki, 2017 yildan buyon ITFC va XSRIK kichik biznesni moliyalashtirish uchun «Orient Finans» bankiga 100 million dollargacha boʻlgan mablag‘ ajratib berdi.
Muzokaralar davomida ITFC va XSRIK rahbariyati Orient Finans bank bilan hamkorlik istiqbollariga yuqori baho berdi.

——— - ———

В рамках годового собрания Группы Исламского Банка Развития в городе Джидда (Саудовская Аравия) 12 мая 2023 года прошли переговоры между руководством банка «Ориент Финанс», ITFC и ИКРЧС.
В ходе переговоров были обсуждены вопросы по реализации проектов, связанных с возобновляемыми источниками «зелёной» энергетики и новые продукты исламского банкинга.

А также состоялась церемония подписания финальных условий о привлечении линии финансирования на сумму 25 млн. долл. США между Банком Ориент Финанс и ITFC. Эти средства будут направлены на финансирование женщин-предпринимателей, проектов малого и среднего бизнеса и зеленой экономики клиентов банка.

Необходимо отметить, что с 2017 года ITFC и ИКРЧС выделили в пользу банка «Ориент Финанс» до 100 млн долл. США для финансирования малого бизнеса.
В ходе переговоров руководство ITFC и ИКРЧС высоко оценило уровень сотрудничества с банком Ориент Финанс.

FB | Inst | TG | YouTube | LinkedIn | TikTok | AppStore | Play Market