Get Mystery Box with random crypto!

#bugunbayram 17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni! HURMATLI DO | ORIENTAL UNIVERSITY

#bugunbayram

17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni!

HURMATLI DO‘STLAR! QADRLI TALABALAR!
Ushbu kun munosabati bilan Oriental universiteti rahbariyati hamda professor-o‘qituvchilar jamoasi Siz azizlarni muborakbod etadi. Universitetda o‘tadigan yillaringiz, olayotgan ilmingiz butun hayotingiz davomida Sizga faqat va faqat manfaat keltirishi hamda zavq bag‘ishlashini tilaymiz! Hayot yo‘lingiz yorug‘ va ravon bo‘lsin! Ota-onangiz orzu qilgandek farzand hamda yurt ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shadigan yetuk kadr bo‘lib yetishishingizni tilab qolamiz!

Hurmatli do‘stlar! Tilagimiz yakunida aytamizki, o‘z ustingizda ishlashdan to‘xtamang! Har kun o‘z sohangiz va mutaxassisligingizdan tashqari kamida 10 varaq kitob o‘qing! Shunda kechagi “Siz”dan bugungi “Siz” kuchliroq bo‘lasiz!

Bayram muborak!

Hurmat bilan, Oriental universiteti rahbariyati hamda professor-o‘qituvchilar jamoasi!

https://t.me/orientaluniversityuz