Get Mystery Box with random crypto!

'Axborot qurbonlarimiz!'. Afsuski, birgina mamlakatimiz emas | Sayyid Abdulaziz Yusupov | OQ va QORA

"Axborot qurbonlarimiz!".

Afsuski, birgina mamlakatimiz emas, ko‘plab rivojlanayotgan mamlakatlar bugun axborot urushining qurboniga aylanishmoqda. Vaholanki, avvalroq boshqalar bu tuzoqqa tushganini ko‘ra-bila turib qayta va qayta ayni xato takrorlanaveradi.
Oltin bir qoida bor: BIRLASHISHGA EMAS, BO‘LINISHGA; O‘ZARO ISHONCh EMAS SHUBHA YOYISHGA OLIB KELADIGAN "HAQIQATPARVARLIK" QILICHI ASLIDA SHAYTONNING QO‘LIDAGI QUROL BO‘LADI!
Quyidagi multfilm orqali bugun jamiyat axborot makonida ro‘y berayotgan jarayonlar va ularning natijasi haqida, ularning oqibatlari xususida haqiqatlarni ko‘rish, anglash mumkin. Shunda ham asl haqiqatni rad etguvchilarga esa xudo insof bersin, zero, TUGʻMA KO‘RLIK AYB EMAS, HAQIQATGA KO‘Z YUMIB UNI RAD ETISH AYBDIR.

Sayyid Abdulaziz Yusupov

@Oqvaqora_uz