Get Mystery Box with random crypto!

Eng og‘ir zulm! Ayrim erlar ayolini maqtab qo‘yish, taqdirlas | Oq tun

Eng og‘ir zulm!

Ayrim erlar ayolini maqtab qo‘yish, taqdirlash, qilyotgan ishlariga eʼtibor berishni ayol oldida o‘zini yerga urish deb biladilar. O‘zlaridan hukmron yasab olib ayollariga beparvo bo‘ladilar. Biron maqtovga sazovor ish qilishsa, taqdirlash xayoliga ham kelmaydi, hurmatini joyiga qo‘ymaydi. Bunday qilish erkaklikka to‘g‘ri kelmaydi, deb eʼtiqod qilishadi.

Mobodo, rafiqalari biror kichik xatolikka yo‘l qo‘ysachi, darrov sherga aylanadi, og‘zini to‘ldirib so‘kadi, xorlaydi. Qaynota va qaynona oldida ham, begonalar oldida ham yer bilan bitta qiladi. Baʼzi erlar shu darajada pastkashligidan sal narsaga ham qo‘l ko‘taradigan bo‘ladi. O‘z turmush o‘rtoqlarining jismoniy yoki ruhiy muammolari bilan ishlari bo‘lmaydiganlari ham oz emas.

Bilib qo‘ying, erkaklar! Bunday ishlarga qo‘l urishingiz ham maʼnaviy, ham jismoniy zulm hisoblanadi. Bugun qilayotganingiz birgina zulm Qiyomatda zulmatlarga aylanadi!

IKROM SHARIF KANALIDAN OLINDI