Get Mystery Box with random crypto!

#Ogoh_bo‘ling!!! Bayramlar ichida “Yangi yil” o‘z shukuhi, o‘ | Оққўрғон тумани мактабгача ва мактаб таълими бўлими



#Ogoh_bo‘ling!!!

Bayramlar ichida “Yangi yil” o‘z shukuhi, o‘z tarovati bilan ajralib turadi. Biroq shunisi achinarliki, ushbu bayram arafasida dilni xira qiladigan pirotexnika vositalari ko‘pchilikning tinchini buzadi. Hatto ba'zi hollarda atrof muhit hamda insonlar salomatligi, hatto hayotlariga xavf soladi. Shuningdek, kuchli yong‘in holatlariga ham sabab bo‘lishi mumkin.

Pirotexnika vositalaridan foydalanish quyidagicha salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin:
- tananing yuz, ko‘z, qo‘l sohalarida og‘ir chuqur kuyish jarohatlarining yuzaga kelishi;
- ko‘zlarning shikastlanishi natijasida ko‘rish faoliyatining qisman yoki butunlay buzilishi;
- olingan kuyish jarohatidan keyin plastik operatsiyalar o‘tkazishga muhtojlik;
- kuygan sohalarida dag‘al chandiqlar, qo‘l barmoqlari sohalarida kontrakturalar hosil bo‘lishi;
- asoratlar bemorlarning ruhiy holatiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi;
- kuchli yong‘in holatlarini keltirib chiqarishi va boshqalar
 
Shu munosabat bilan, Oqqo‘rg‘on tuman  Favqulodda vaziyatlar bo‘limi aholidan bayramni osuda o‘tkazish maqsadida barcha xavfsizlik qoidalariga rioya etishni so‘raydi.