Get Mystery Box with random crypto!

O‘QITUVCHILAR

Telegram kanalining logotibi oqituvchilar_kanali — O‘QITUVCHILAR O
Telegram kanalining logotibi oqituvchilar_kanali — O‘QITUVCHILAR
Kanal manzili: @oqituvchilar_kanali
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 890
Kanalning ta’rifi

Xalq taʼlimi xodimlari uchun maxsus kanal!
Taʼlimga oid eng soʻnggi yangiliklar.

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-01-19 07:48:27 9-sinf SINF SOATI (Tarbiyaviy soat) 2021-2022-oʻquv yili uchun
3.1K views04:48
Ochish/sharhlash
2022-01-19 07:48:26 3-sinf SINF SOATI (Tarbiyaviy soat) 2021-2022-oʻquv yili uchun
3.1K views04:48
Ochish/sharhlash
2022-01-19 07:48:26 2-sinf SINF SOATI (Tarbiyaviy soat) 2021-2022-oʻquv yili uchun
3.1K views04:48
Ochish/sharhlash
2022-01-19 07:48:26 4-sinf SINF SOATI (Tarbiyaviy soat) 2021-2022-oʻquv yili uchun
3.0K views04:48
Ochish/sharhlash
2021-12-10 06:05:02 Sinf rahbari hujjatlar toʻplami
2021-2022-oʻquv yili uchun

«O‘QITUVCHILAR» kanaliga obuna bo‘ling!
https://t.me/joinchat/UaO5IgFyAB08I0Dr
4.9K views03:05
Ochish/sharhlash
2021-11-06 10:06:30 Shavkat Mirziyoev: kelgusi 5 yilda oliy toifali oʻqituvchi hamda shifokorlar maoshi ming dollarga yetkaziladi

«Ochiq aytish lozim, biz bu zahmatkash, fidoyi insonlar oldida hali qarzdormiz. Shu boisdan ham, qanchalik qiyin boʻlmasin, oʻqituvchilar mehnatini munosib ragʻbatlantirish uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz. 2025-yilga borib, oliy toifali oʻqituvchilarning oylik maoshini ekvivalent hisobida 1 ming dollarga yetkazish choralari koʻriladi.

Taraqqiyot strategiyamizda xalqimiz salomatligini taʼminlash bundan buyon ham bosh vazifa boʻlib qoladi.

Ushbu sohaga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarni 2 barobar oshirish, jumladan, kelgusi besh yilda oliy toifali shifokorlar maoshini 1 ming dollarga yetkazish moʻljallanmoqda.

Oʻqituvchilar oyligini ming dollar qilib, shifokorlarga eʼtitibor qilmasak, adolatdan boʻlmaydi», — dedi Shavkat Mirziyoev.

«O‘QITUVCHILAR» kanaliga obuna bo‘ling!
https://t.me/joinchat/UaO5IgFyAB08I0Dr
7.5K views07:06
Ochish/sharhlash
2021-10-27 07:10:04 OʻQITUVCHILAR ISH VAQTINI HISOBGA OLISH TABELI QAY TARTIBDA YURITILADI?

Oʻqituvchilar ish vaqtini hisobga olib borish oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari tomonidan, u ishda boʻlmagan hollarda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari yoki kadrlar boʻyicha menejer (inspektor) tomonidan amalga oshiriladi.

Bunda maktab oʻqituvchisi pedagogik yuklamasining bajarilishini hisobga olish har kuni ishga kelish va ketish jurnali orqali yuritiladi hamda har oylik ish vaqtini hisobga olish tabelida aks ettiriladi.

Pedagog xodimlarning haqiqatda ishlaganligi oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari tomonidan, u ishda boʻlmagan hollarda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari imzosi bilan tasdiqlanadi.

Oʻqituvchi uzrli sabablarga koʻra ishga kelmagan payti, tabelni quyidagi shartli belgilardan (qisqartmalardan) foydalangan holda rasmiylashtirish mumkin:

T
– taʼtilda
K – mehnatga layoqasizlik varaqasida
X – xizmat safarida
M – malaka oshirishda
D – dam olish kuni
B – bayram kuni

Tabelga pedagog xodimning ishda boʻlmaslik sabablari va ish vaqti rejimining xususiyatlari toʻgʻrisidagi belgilar rasmiylashtirilgan hujjatlar (taʼtil toʻgʻrisida buyruq, mehnatga layoqasizlik varaqasi, xizmat safari va h.k.) asosida toʻldiriladi.

Tabelni toʻgʻri toʻldirish va oʻz vaqtida buxgalteriyaga topshirish uchun oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari pedagog xodimning ish joyida boʻlmagan kunlari toʻgʻrisida oʻz vaqtida kadrlar xizmatini xabardor qilib borishi kerak.

Tabelni oʻz vaqtida rasmiylashtirish uchun mehnatga layoqasizlik varaqasini xodim ishga chiqqan birinchi kunda kadrlar xizmatiga taqdim etishi shart.

Tabel yurituvchi tomonidan har oyning 15-sanasiga qadar hisobot oyining birinchi yarmi uchun, hisobot oyidan keyingi oyning 1-sanasiga qadar oʻtgan oy uchun tabel toʻldirilib, oylik ish haqi hisoblash uchun XTB buxgalteriyasiga taqdim etiladi.

«O‘QITUVCHILAR» kanaliga obuna bo‘ling!
https://t.me/joinchat/UaO5IgFyAB08I0Dr
6.3K views04:10
Ochish/sharhlash
2021-10-27 06:45:02 Bir attestatsiyada bir-nechta fanlardan malaka toifasini olish mumkin

Savol:

Assalomu alaykum, mening mutaxassisligim, amaliy matematika va informatika. Joriy yilda informatika fanidan 82.50 bal toʻplab 2-toifani oldim. Men 2022-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan attestatsiyada informatika fanidan 1-toifaga, matematika fanidan esa 2-toifaga talabgorlik qilishim mumkinmi?

Javob:

Nizomning 18-bandi: Pedagog kadrlar oliy maʼlumot olganligi yoki qayta tayyorlash kurslaridan oʻtganligi haqidagi diplomda (keyingi oʻrinlarda — diplom) koʻrsatilgan tayyorlov, taʼlim yoʻnalishi, mutaxassislik yoki ixtisosligiga mos keladigan oʻquv fanlar boʻyicha attestatsiyadan oʻtadi.

Pedagog kadrlarning diplomida bittadan ortiq tayyorlov yoki taʼlim yoʻnalishi, mutaxassislik yoki ixtisoslik koʻrsatilgan boʻlsa, ular dars berayotgan har bir oʻquv fani boʻyicha alohida attestatsiyadan oʻtadi, professional taʼlim tashkilotlarining umumkasbiy va maxsus fan oʻqituvchilari bundan mustasno.

Professional taʼlim tashkilotlarida ikki yoki undan ortiq umumkasbiy va maxsus fanlardan dars berayotgan pedagog kadrlar oʻquv yuklamasi koʻp boʻlgan bitta oʻquv fani boʻyicha, bir nechta fandan oʻquv yuklamasi teng miqdorda boʻlgan hollarda pedagog kadr tomonidan tanlangan oʻquv fani boʻyicha attestatsiyadan oʻtkaziladi.

Bunda professional taʼlim tashkilotlari umumkasbiy va maxsus fan oʻqituvchilariga attestatsiya natijalari boʻyicha berilgan lavozimi ular dars berayotgan fan sohasi boʻyicha boshqa oʻquv fanlariga ham tegishli boʻladi.

Siz, bir attestatsiyada bir nechta fandan ishtirok etishingiz mumkin. Faqat, ishtirok etayotgan har bir faningiz boʻyicha alohida-alohida murojaat qilishingiz, har bir fan uchun alohida pedagogik mahorat va psixologik tayyorgarlik natijalari toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etishingiz hamda har bir fan uchun alohida-alohida toʻlovlarni amalga oshirishingiz kerak boʻladi (toʻlov faqat navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etayotganlarga tegishli).

«O‘QITUVCHILAR» kanaliga obuna bo‘ling!
https://t.me/joinchat/UaO5IgFyAB08I0Dr
4.5K views03:45
Ochish/sharhlash
2021-09-23 13:08:27
Умумтаълим муассасалари педагог ходимлари 1 сентябрдан қанча маош олишади?

Эслатма ушбу маълумотда ўқитувчининг тўлиқ ставка (1 ставка)даги дарс соати бўйича ҳисобланган.


Ушбу жадвалда синф раҳбарлиги, дафтар текширганлиги ва касб маҳорати учун бериладиган рағбатлантиришлар ҳисобга олинмаган.

Ўзингизга керакли тугмани босинг
6.4K views10:08
Ochish/sharhlash
2021-09-23 06:55:02 8-sinf "Sinf soati" 2021-2022-oʻquv yili uchun

«O‘QITUVCHILAR» kanaliga obuna bo‘ling!
https://t.me/joinchat/UaO5IgFyAB08I0Dr
5.4K views03:55
Ochish/sharhlash