Get Mystery Box with random crypto!

Hurmatli Toshkent shahri va Toshkent viloyati maktab rahbarlar | O'qituvchilar Assotsiatsiyasi | Teachers’ Association

Hurmatli Toshkent shahri va Toshkent viloyati maktab rahbarlari!

Ko'p sonli iltimoslaringizga ko’ra, 2022-yil 14-may kuni Toshkent shahridagi maktablardan birida maktab direktori va ularning o'rinbosarlari uchun mahorat darsi tashkil qilamiz. Mahorat darsida:
• Talim sifatini oshirishga takliflar
• Maktabni rivojlantirish uchun byudjetdan tashqari mablag'larni jalb qilish yollari
• Qanday qilib maktab jamoasini faollashtirish mumkin?
• Jamoada sog'lom psixologik muhitni qanday yaratish mumkin? kabi mavzular ochib beriladi.

Mahorat darsi yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshiriladi.

Mahorat darsi o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.

O‘tkazilish joyi: Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi maktab (Tuzel dahasi).
Vaqt: 09:00 dan 15:00 gacha.

Ishtirok etish uchun 2022-yil 14-maygacha roʻyxatdan oʻtish mumkin.

Roʻyxatdan oʻtish uchun bu yerga quyidagi maʼlumotlarni taqdim eting: To'liq ismi sharif, lavozim, maktab raqami, maktab manzili.