2022-08-27 15:18:50
1 SENTABRDAN QONUNChILIKDA YaNGILIKLAR
Prezident tomonidan mutasaddilarga 1 sentabrdan boshlab:
aholi daromadining kreditga yoʻnaltiradigan qismini soliqdan ozod qilish chegarasini oshirish;
ipoteka kreditini ajratishda aholi daromadlari boʻyicha tijorat banklariga qoʻyiladigan talablarni yengillashtirish boʻyicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.
Mutasaddilarga subsidiya ajratishda byurokratiyani keskin qisqartirish, uni ochiq-oshkora qilib, toʻliq raqamlashtirish boʻyicha taklif kiritish vazifasi qoʻyildi.
Byudjet tashkilotlaridan boshqa barcha yuridik shaxslarda oxirgi 6 oyda uzluksiz ish staji boʻlgan ayollarga har oy uchun minimal isteʼmol xarajatlari miqdoridan kelib chiqib byudjet hisobidan homiladorlik va tugʻish nafaqasi toʻlanadi.
OTM, texnikum va kollejlarda, sirtqi va kechki taʼlimda oʻqiyotgan xotin-qizlar kontraktlarini toʻlash uchun 7 yilga foizsiz kredit berish uchun banklarga byudjetdan har yili 1,8 trillion soʻm yoʻnaltiriladi.
2022 yil 1 sentabrdan avtotransportni boshqarish uchun ishonchnomalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) elektron rasmiylashtirish yoʻlga qoʻyiladi.
2022 yil 1 sentabrdan 2024 yil oxirigacha:
4 tadan koʻp boʻlmagan oʻrindiqlarga ega transportlarda yoʻlovchi tashish oʻzini oʻzi band qilish deb qaraladi va ushbu faoliyat litsenziya varaqasi asosida amalga oshiriladi;
litsenziya varaqasi berishda avtomobilning ekspluatatsiya davriga qoʻyilgan talab bekor qilinadi.
Oilaviy bogʻchalarga 3 yoshga toʻlmagan bolalarni ham qabul qilishga ruxsat beriladi.
Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi hisobidan davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha minimal isteʼmol xarajatlaridan kelib chiqib homiladorlik va tugʻish nafaqalari toʻlanadi. Bunda, xodimning ish stajida 1 oygacha boʻlgan tanaffuslar mavjud boʻlsa ushbu tanaffuslardan oldingi va keyingi oylar ketma-ket ish stajini hisoblashda qoʻllaniladi.
Oilaviy bogʻcha xodimlariga byudjetdan subsidiya elektron tizim orqali hisoblanadi.
Sport maktablari xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga oʻquvchi-sportchilar erishgan yuqori sport natijalaridan kelib chiqib har oyda ustamalar toʻlab beriladi.
Oilaviy nodavlat bogʻchalarda tarbiyachi va tarbiyachi-yordamchilarga byudjetdan ish haqini qoplash uchun subsidiya toʻgʻridan-toʻgʻri ushbu xodimlarning plastik kartasiga oʻtkazib beriladi.
jismoniy shaxslarga tegishli ishlab chiqarilganiga 10 yilgacha boʻlgan yengil avtomototransportlar texnik koʻrikdan ixtiyoriy ravishda oʻtkaziladi.
shifokorlarning yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritishga ruxsat beriladi.
Buning uchun alohida tibbiyot muassasasi ochish talab etilmaydi va ushbu toifadagi shifokorlarga oʻz uyida yoki ijaraga olingan binoda tibbiy xizmatlar koʻrsatishi mumkin.
https://t.me/Oqituvchigaimkoniyatlar
2.3K views12:18