Get Mystery Box with random crypto!

O'qituvchi

Telegram kanalining logotibi oqituvchi_ga — O'qituvchi O
Telegram kanalining logotibi oqituvchi_ga — O'qituvchi
Kanal manzili: @oqituvchi_ga
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 79.24K
Kanalning ta’rifi

Xalq ta’limi sohasida faoliyat yurituvchi o‘qituvchi va murabbiylar kanali.
Maosh hisoblovchi bot: @Oylik_hisoblaydigan_bot
@videodars_fotolavhalar 👈 Videodars fotolavhalar
Batafsil reklama uchun 👉 @talimiy_reklama
Reklama murojaat: @Jabborov_Elyor

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 122

2022-09-02 09:43:34 Sinf rahbarlik hujjatlari 2022-2023-yil uchun
1.Jild,ajoyib dizayn
2.Sinf rahbari malumoti
3.Sinf rahbar Nizomi
4.Sinf rahbar ish rejalari 2022-2023
5.Sinf o'quvchilari malumoti
6.Sinf ijtimoiy Haritasi
7.Proflaktik ishlar
8.Kundalik com Nazorati
9.Odob axloq qoida 2022 yil 28-iyuldagi 246-qarori yangi
10.666-Qaror sharhi
11.Yig'ilish bayonnomalar qolibi
Tuliq olish uchun @USTOZ4
TEL 97-227-89-26
22.7K views06:43
Ochish/sharhlash
2022-09-01 06:04:48 TOIFASI OSHGAN PEDAGOGLARNING PULLARI TO‘LANISHI KERAK.

Ma’lumki, yaqinda ko‘pchilik pedagog kadrlarning malaka toifalari oshirildi. Ana shu oshirilgan toifalari uchun oshgan narxdagi oyliklarni qachondan to‘lanadi degan savollar bilan Ziyoli Pedagog kanalimizga ko‘plab murojaatlar kelib tushdi.

Bizga ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-sonli qarorning 48-bandida shunday yozilgan.

“Pedagog kadrlarning bazaviy tarif stavkalari miqdori, ularning malaka toifasi yoki lavozimi sertifikat asosida belgilanadi hamda ularning ish haqlari sertifikat generatsiya qilingan kundan boshlab qayta hisoblanadi.”

Bundan ko‘rinib turibdiki, pedagoglarga sertifikat berilgan kundan boshlab (agar mehnat ta’tilida bo‘lsa, ishga qaytgan kunidan boshlab) oylik ish haqlari qayta tarifikatsiyadan o‘tkazilib to‘lanishi kerak.


Manba: “Ziyoli Pedagog” telegramm kanali

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
27.8K views03:04
Ochish/sharhlash
2022-09-01 05:38:37
#TABRIK

Assalomu alaykum aziz ustozlar!

Sizlarni Mustaqilligimizning 31 yillik shodiyonasi bilan "O'qituvchi" kanali ma'muryati samimiy muborakbod etadi. Oilangizdan tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka hech qachon tark etmasin. Yurtimizni Alloh o'z panohida asrasin. Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin.

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
22.2K views02:38
Ochish/sharhlash
2022-08-31 18:49:54 Yangi oʻquv yilining birinchi oʻqish kuni oʻtiladigan “Mustaqillik darsi” taqdimoti

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
27.1K views15:49
Ochish/sharhlash
2022-08-31 18:47:46 2022-2023 yangi oʻquv yilida umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida “Birinchi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish uchun namunaviy ssenariy

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
20.1K views15:47
Ochish/sharhlash
2022-08-31 18:45:44 “Mustaqillik darsi”dan oʻrin olgan mavzularni oʻqitishda foydalanish tavsiya etilayotgan tezislar

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
19.3K views15:45
Ochish/sharhlash
2022-08-31 17:34:59
ONLINE INGLIZ TILI

Ustama yoki magistratura uchun sertifikat olish uchun endi uydan chiqmasdan o'zingizga qulay vaqtda ingliz tilini 0 dan o'rganishingiz mumkin
yangi guruhlarga nabor boshlandi:

1-sentabrdan yangi tezlashtirilgan ingliz tili kurslari start olmoqda
beginner kursi (0 dan ingliz tili)
IELTS speaking intensive kursi
CEFR multilevel kursi

Darslar yozib olinadi va qatnasha olmagan paytingiz bemalol video darslarni ko'rishingiz mumkin!!!

Narxi 180 ming so'm

Birinchi 5 ta registratsiya qilinganlar uchun ajoyib imkoniyat  10% skidka 160 ming so'm


Murojaat uchun:
@IMentor_English ga yozing
8.4K viewsedited  14:34
Ochish/sharhlash
2022-08-31 17:12:12 #Ҳуқуқий_саводхонлик

Ўқувчилари олий таълим муассасаларига кириш имтиҳонларида энг юқори натижа кўрсатган педагог кадрлар ҳар ойда бериладиган 5 млн сўмлик устамага тавсия қилинади

Умумий ўрта таълим муассасаларида фаолият юритаётган, ўқувчилари олий таълим муассасаларига ёки Президент, ижод ва ихтисослаштирилган мактабларга кириш имтиҳонларида энг юқори натижа кўрсатган педагог кадрлар Халқ таълими жамғармаси ҳисобидан устама олишлари мумкин.

Бу ҳақда Вазирлар Маҳкамасининг 2022 йил 2 августдаги 425-сон қарори билан тасдиқланган “Халқ таълими вазирининг жамғармаси тўғрисидаги Низом”да қайд этилган.

Бунда малакали педагог кадрларга ва илғор ходимларга ҳар ойлик устама ҳамда бир марталик пул мукофотларини тўлаш ишларини мувофиқлаштириш учун Вазирликда доимий равишда ишлайдиган Ишчи гуруҳ тузилади.

Давлат тест маркази умумий ўрта таълим муассасалари битирувчиларининг тегишли ўқув йилида ўқишга қабул қилишда олий таълим ташкилотларига кириш имтиҳони ҳамда Президент, ижод ва ихтисослаштирилган мактаб тўғрисидаги маълумотларни (абитуриентлар ва имтиҳон ўтказилган фанлар бўйича) натижалари вазирликка тақдим этади.

Вазирлик ишчи гуруҳи умумий ўрта таълим муассасалари битирувчилари (ўқувчилари) томонидан тегишли ўқув йили қабулида олий таълим ташкилотларига, Президент, ижод ва ихтисослаштирилган мактабларга кириш имтиҳонларида жамлаган баллардан келиб чиқиб йиллик квотани «Бошланғич таълим», «Аниқ ва табиий фанлар», «Хорижий тиллар», «Ижтимоий фанлар» ва «Амалий фанлар» йўналишлари бўйича туман (шаҳар)лар бўйича тақсимлайди ва ҳудудий кенгашларга тақдим этади.

Ҳудудий кенгашлар туман (шаҳар) квотасидан келиб чиқиб ҳар ойлик устама олиш учун номзодларни «Бошланғич таълим», «Аниқ ва табиий фанлар» «Хорижий тиллар», «Ижтимоий фанлар» ва «Амалий фанлар» йўналишлари бўйича туман (шаҳар) бўйича Ишчи гуруҳга тақдим этади.

Ишчи гуруҳ томонидан унга тақдим этилган номзодлар орасидан устама тўланадиган малакали педагог кадрлар икки босқичли синов орқали танлаб олингач уларга меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдорининг 5,5 баравари миқдорида ҳар ойлик устама тўланади.

Ҳар ойлик устама у белгиланган кундан бошлаб 9 ой давомида берилади. Бунда ходимнинг иш жойи, лавозими ўзгарган ҳолда ҳам унинг ҳар ойлик устамаси сақлаб қолинади ва белгиланган муддатга қадар тўланади.

Manba: Xalq ta'limi Info

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
16.7K views14:12
Ochish/sharhlash