Get Mystery Box with random crypto!

#ustozlar_uchun ATЕSTATSIYAGA TAYYORLANAYAPMAN Toifa olish u | O'qituvchi

#ustozlar_uchun

ATЕSTATSIYAGA TAYYORLANAYAPMAN

Toifa olish uchun,
O‘rnimda qolish uchun,
Tinim bilmay tun-u, kun,
Testga tayyorlanyapman.

O‘qiyman erta turib,
Goh o‘tirib,goh yurib,
Hammasin chetga surib,
Testga tayyorlanyapman.

Bilsang sabrdan po‘stim,
Ilm deb undim,o‘sdim,
Gapga bormayman do‘stim,
Testga tayyorlanyapman.

Intilib baxt omadga,
Yetay deb saodatga,
Qolmay deb malomatga,
Testga tayyorlanyapman.

Yorug‘ bo‘lsinda yuzim,
O‘tkir bo‘lsin gap so‘zim,
Ovqatga qara qizim,
Testga tayyorlanyapman.

Gohi shaxdam,goh tolib,
Gohi shodon,goh nolib,
Yakshanbada yotvolib,
Testga tayyorlanyapman.

Ulguryapman zo‘r,arang,
Qilmang asabni tarang,
Xotinjon molga qarang,
Testga tayyorlanyapman.

Tanaffusga chopaman,
Telefonni yoqaman,
Test yechaman yana man,
Testga tayyorlanyapman.

Kecha kunduz yo‘q tinim,
Meni tushungin inim,
Cho‘ntakda qolsin pulim
Testga tayyorlanyapman.

Oliylar qilsin nasib,
Qayda bor tayyor hasip,
Omad sizga hamkasb,
Testga tayyorlanyapman.

Muallif: Xurshid Karim

@attestatsiya_toifatestbot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_