Get Mystery Box with random crypto!

21-martdan ta'til boshlanadi va o‘quvchilarning taʼtil paytida | O'qituvchi

21-martdan ta'til boshlanadi va o‘quvchilarning taʼtil paytidagi xatti-harakatlari uchun ota-onalar javob beradi!

MMT Vazirligining 2023-yil 27-iyundagi 190-sonli buyrug‘i  bilan tasdiqlangan, sinf rahbari toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq taʼlim muassasasidan tashqarida darsdan keyingi va taʼtil paytidagi oʻquvchilarning xatti-harakatlari uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ota-onalar javob beradi.

Sinf rahbarlari esa javobgarlikka tortilmaydi. Demak bunday holallarda nafaqat sinf rahbariga balki direktor o‘rinbosarlariga nisbatan ham intizomiy jazo choralari qo‘llanilmaydi.

Shuni ham unutmaslik kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 73-moddasida ota-onalar farzandlarini tarbiyalashga masʼul ekanligi bayon etilgan. Ular farzandlarining salomatligi, aqliy, jismoniy, maʼnaviy va axloqiy rivojlanishi uchun g‘amxo‘rlik qilishlari shart.

Oylik maoshni hisoblovchi bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_