Get Mystery Box with random crypto!

MAKTABLARDA ISHCHI GURUH QUYIDAGI TARTIBDA TUZILADI. (maxsus | O'qituvchi

MAKTABLARDA ISHCHI GURUH QUYIDAGI TARTIBDA TUZILADI.

(maxsus komissiya)

Ishchi guruh umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi qarori asosida, muassasa direktorining buyrug‘i bilan kamida yetti kishidan iborat toq sonda quyidagi tarkibda tasdiqlanadi:

Ishchi guruhi rahbari — umumta’lim muassasasi direktori;

Ishchi guruh a’zolari — o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi, umumta’lim muassasasi pedagog xodimlari orasidan hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasasi kuzatuv kengashi va o‘quvchilarning ota-onalaridan vakillar.

Umumta’lim muassasasining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari — Ishchi guruhning mas’ul kotibi hisoblanadi.

Ishchi guruh faoliyatida shaffoflikni ta’minlash maqsadida ushbu ishchi guruh tarkibi har o‘quv yili boshlangunga qadar umumta’lim muassasasi pedagogik kengashi tomonidan qayta ko‘rib chiqiladi.

Bunda ishchi guruh tarkibidagi umumta’lim muassasasi pedagog xodimlari, umumiy o‘rta ta’lim muassasasi kuzatuv kengashi va ota-onalar vakillari har yili o‘zgartirib borilishi shart.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabr kungi 823-sonli qarori.

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_