Get Mystery Box with random crypto!

​​Oliy ta'limga kirish ko'rsatkichlari akademik ko'rsatkich bo | O'qituvchi

​​Oliy ta'limga kirish ko'rsatkichlari akademik ko'rsatkich bo'la oladimi?

Respublika bo‘yicha 395 299 nafar bitiruvchidan 104 065 nafari OTMlarga o‘qishga qabul qilingani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Davlat test markazi statistikasiga ko'ra, Navoiy viloyati bitiruvchilari 39,9 foizlik natija qayd etib, yetakchilik qilgan.
Keyingi o'rinlarda Buxoro viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bitiruvchilari kuchli uchlikdan o'rin olgan. Buxorolik 23 778 nafar bitiruvchidan 9 139 nafari (38,4 foizi), qoraqalpog‘istonlik 23 258 nafar bitiruvchidan esa 7 532 nafari (32,3 foiz) o‘qishga qabul qilingan.

Ro‘yxatning quyi pog‘onalaridan Andijon (28 524 nafar bitiruvchidan 6 367 nafar, 22,3 foiz), Toshkent (32 601 nafar bitiruvchidan 7 228 nafar, 22,1 foiz) hamda Surxondaryo (32 534 nafar bitiruvchidan 6 633 nafari, 20,3 foiz) viloyatlari joy egallagan.

Tuman va shaharlar kesimida ham Navoiy viloyatining Zarafshon shahri bitiruvchilari eng yuqori natija (48,3 foizi) ko'rsatgan.

Avvalgi yillar natijalariga qaraganimizda ham Navoiy, Buxoro, Namangan, Xorazm viloyatlari yetakchilik qilib kelayotganini kuzatishimiz mumkin.

Natijalardan shuni xulosa qilib aytishimiz mumkinki, Oliy o‘quv yurtiga kirish ko'rsatkichi yuqori bo'lgan maktablar o'quv faoliyatini ommalashtirish, o'zaro integratsion aloqalarni yo'lga qo'yish va ko'rsatkichi past bo'lgan hududlardagi maktab muammolarini o'rganib, o'quvchilarning o'zlashtirishidagi farqlarni qisqartirish maqsadga muvofiqdir.

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_