Get Mystery Box with random crypto!

USHBU XATGA KOʻRA OʻRTA MAXSUSLAR FAQAT 2023 YILGACHA ISHLAY O | O'qituvchi

USHBU XATGA KOʻRA OʻRTA MAXSUSLAR FAQAT 2023 YILGACHA ISHLAY OLADI XOLOSMI?

Savol: Ushbu xatda oʻrta maxsus ma’lumotli pedagoglarni ishlash muddati 2023-yilgacha deyilgan ekan. Bu boʻyicha qanday maslahat bera olasiz? Ushbu xatga asosan oʻrta maxsus ma’lumotli pedagoglar 2023-yilgacha ishlay oladi xolosmi?

Javob: Ha shunday faqat 2023-yilgacha boshlangʻich sinf oʻqituvchilarigina ishlashi mumkin. Undan keyin ularni ishdan boʻshatish mumkin.

E’tibor bering! Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2018-yil 2-noyabrda oʻtkazilgan majlis bayoni bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi tizimida islohotlarni yanada jadallashtirish, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan yoʻl xaritasi”ning 20-bandida xalq ta’limi vazirligiga maktablar kesimida oʻrta maxsus ma’lumotli oʻqituvchilarni mutaxassisligi va yoshi boʻyicha tahlil qilish, tahlil natijalariga koʻra oʻrta maxsus ma’lumotli kadrlar oʻrnini bosqichma-bosqich oliy ma’lumotli kadrlar bilan toʻldirish vazifalari yuklatilgan.

Yuqoridagi yoʻl xaritasi ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq ta’limi vazirligi 2019-yil 8-may kuni tuman, shahar xalq ta’limi boʻlimlari mudirlari, umumta’lim maktablari rahbarlariga 02-01/4-992 sonli xat yuborgan.

Ushbu xatda umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan oʻrta maxsus ma’lumotli nomutaxassis va boshqa fandan dars berayotgan oʻqituvchilar hamda nafaqa yoshiga yetgan (oʻrta maxsus ma’lumotli) pedagoglarni kasaba uyushmasi tashkiloti bilan kelishgan holda bosqichma- bosqich oliy ma’lumotli pedagog kadrlar bilan almashtirish, boshqa barcha oʻrta maxsus ma’lumotli oʻqituvchilarni Hukumat tomonidan yaratilgan imtiyozlardan foydalanib, oliy ta’lim muassasalarining maxsus sirtqi, kechki va sirtqi yoʻnalishlarida oʻqishga yoʻnaltirish, 2023-yilgacha boʻlgan muddatda ushbu yoʻnalishlarning biriga oʻqishga kirmaganlar bilan mehnat shartnomalari bekor qilinishi haqida yozma ogohlantirish lozimligi aytilgan.

Biroq bir narsa esingizdan chiqmasin. “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami № 3271) qoidalariga koʻra avgust oyida darslar taqsimlanganda, sizga dars yetmasa, unda ish beruvchi siz bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga haqli boʻladi.

(c) Yurist xizmati

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_