Get Mystery Box with random crypto!

HAYIT BAYRAMIDAGI TAʼTIL O‘RINDOSHLAR OYLIGIGA TAʼSIR QILADIMI | O'qituvchi

HAYIT BAYRAMIDAGI TAʼTIL O‘RINDOSHLAR OYLIGIGA TAʼSIR QILADIMI?

Agar o‘sha kuni o‘rindoshlik asosida ishlaydigan maktabingizda darsingiz yo‘q bo‘lsa, unda taʼsir qilmaydi.

Biroq hayit va qo‘shimcha dam olish kunlari darsingiz bo‘lsa, unda bu dam olish vaqtlari uchun sizga ish haqi to‘lanmaydi.


Maʼlumki, korxona, muassasalarda o‘rindoshlik munosabatlari Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom asosida tartibga solinadi.

Mazkur nizomga muvofiq o‘rindoshlar mehnatiga haq to‘lash mehnat shartnomasiga muvofiq:

mehnatga haq to‘lashning ishbay shaklida – haqiqatda bajarilgan ish uchun;

mehnatga haq to‘lashning vaqtbay shaklida – ishlangan vaqtga mutanosib tarzda amalga oshiriladi.

Eʼtibor bering! Mehnatga haq to‘lashning ishbay tizimida ish haqi ishning qiymati bo‘yicha hisoblanadi.

Agar mehnatga haq to‘lashning vaqtbay shaklida o‘rindoshga normalangan topshiriq belgilansa, u holda mehnatga haq to‘lash xodim tomonidan amalda bajarilgan ish uchun ishning pirovard natijasi bo‘yicha to‘lanadi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, o‘rindoshlik asosidagi ishda xodimga uning bajargan ishiga mutanosib ravishda haq to‘lanadi.

yurist_xizmati

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_