Get Mystery Box with random crypto!

Yo ROBBIY! ODAM alayhissalomning tavbasini qabul qilganing kab | Dream

Yo ROBBIY!
ODAM alayhissalomning tavbasini qabul qilganing kabi bizlarning ham tavbamizni qabul et!

Yo ROBBIY!
YUSUF alayhissalomni quduqdan chiqarganing kabi bizlarni ham nafsimizning qorongʻu quduqlaridan chiqar!..

Yo ROBBIY!
MUSO alayhissalomni Firʼavnning fitnasiyu yomonligidan qutqarganing kabi bizlarni ham shaytonning makru hiylasidan qutqar!..

Yo ROBBIY!
YUNUS alayhissalomni baliqning qornidan qutqarganing kabi bizni yutgan nafs baligʻining qornidan qutqar!..

Yo ROBBIY!
Ayub alayhissalomning dardlariga shifo berganing kabi barcha xastalarimizga shifoi komil ato et!..

Yo ROBBIY!
YAQUB alayhissalomning yigʻlayverib koʻr boʻlgan koʻzlarini ochganing kabi bizning soʻqir yuraklarimizga nur ehson et, qalb koʻzlarimizni och!..

Yo ROBBIY!
IBROHIM alayhissalomni Namrutning otashidan qutqarganing kabi bizlarni ham jahannam olovidan qutqar!..