2022-08-28 08:20:11
OPAMNI KO‘RGANI
BORAMAN BUGUN
Mendan hech ranjimang, do‘stlarim bugun,
Mensiz gar yechilmay qolsa-da tugun.
Baridan kechsam-da, kechaman shu kun,
Opamni ko‘rgani boraman bugun.
Bitmayin qolsin-ey, mayli ishlarim,
Sarobga aylansa bor rejalarim.
Hattoki dunyoga siltab qo‘llarim,
Opamni ko‘rgani boraman bugun.
Meni ko‘targan u opichla, suyib,
Yig‘lasam, yig‘lagan menga qo‘shilib.
Bu dam ko‘zlarimga yoshlarim to‘lib,
Opamni ko‘rgani boraman bugun.
Onamni ko‘rgandek bo‘laman ko‘rib,
Bir lahza yoshlikka qaytgandek bo‘lib.
Ertaga uni ham yo‘qotmay turib,
Opamni ko‘rgani boraman bugun..
@Opa_singillar
7.2K views05:20