Get Mystery Box with random crypto!

So’zlarni bog’lab qo’shish yordamida (kompozitsiya yoki sintak | ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

So’zlarni bog’lab qo’shish yordamida (kompozitsiya yoki sintaktik usul) bilan qo‘shma so‘zlar yasaladi.

Bu usul bilan qo’shma fe’llar yasalishini bilib oling:

1.Fe’l bo’lmagan so’z bilan fe’lning birikishidan: dam olmoq, himoya qilmoq, paydo bo’lmoq.
Ayrimlari sodda fe’lga sinonim bo’ladi: tasdiq qildi ~ tasdiqladi, yordam berdi ~ yordamlashdi.
2.Ikki fe’lning birikishidan: sotib olmoq, chiqarib olmoq, olib kelmoq, yutib olmoq, sotib olmoq.

Qo’shma fe’llar ajratib yoziladi: hal qilmoq, kasal bo’lmoq.

Nutqimizdagi o’qib chiqdi, ko’rib bo’ldi, boshlab yubordi kabilar qo’shma fe’l emas, chunki yangi lug’aviy ma’no ifodalamaydi, bular ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmalaridir.

@onlineonatili