31-yanvar, II smena gʻazal “Yuz-u qadding koʻrub…” (Furqat) | Ona tili va adabiyot | Otabek To‘laganov

31-yanvar, II smena gʻazal

“Yuz-u qadding koʻrub…” (Furqat)

Yuz-u qadding ko‘rub, jono, chamanda,
Asiring bo‘ldi gul, shamshod banda.

Soching sarg‘ashtasi mushki Xitodur,
Ko‘zung ovorasi ohu Xutanda.

Malohatim, seni yozingda ko‘rdum,
Na bordur gulda bu, na o‘sumanda.

Labingni yodida qonlar yutubon,
Etib men bir g‘arib baytulhazanda.

Na xushtur bir tuni, ey dilnavozim,
Ikov bo‘lsak edi bir piraxanda.

Nig‘orim, ko‘rmadim sendek parivash,
Xudo haqqi, qalamravi Xo‘qanda.

Meni kokullaring savdoyi qildi,
Nechuk turgum kelur emdi vatanda.

Tishing durri jahon bahrida bo‘lmas,
Labingdek la’l yo‘q mulki Yamanda.

Yuribmen hasratingda munda yig‘lab,
Kezarsen aysh ila ishratda anda.

Quyundek, Furqat, kezdim jahonni,
Ajab sarg‘ashtamen dashti Xutanda.
https://t.me/testonlineonatili

https://t.me/ona_tili_va_adabiyot_S_ISLOMOV
Ona tili va adabiyot | Otabek To‘laganov

Ona tili va adabiyot | Otabek To‘laganov

@onlineonatili
6.81K Obunachilar
Taʼlim Toifa
Otabek To‘laganovning rasmiy telegram kanali. ➖A . ➖Magistr. ➖Oliy toifa. ➖Vazir ustamasi. ➖Attestatsiya kitobi. @Onlaynonatilisuhbatgoh_bot. . ....