Get Mystery Box with random crypto!

Bu postga ham ancha yillar bo‘ldi. ​Men kutgan 15- avgust yox | ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Bu postga ham ancha yillar bo‘ldi.

Men kutgan 15- avgust yoxud Onamning ko‘z yoshi


O‘sha yillar imtihonga qattiq tayyorlandik. Nima bo‘lsa, o‘qidik, hatto kitobning muallifi, nashga tayyorlovchisi ham qolmadi. (!)
1- avgust kuni imtihon sari dadam bilan yo‘lga chiqdik. Dadam o‘zimga ishonishim kerakligi, savollardan xursand ham, xafa ham bo‘lmasdan shoshilmay ishlashni tavsiya etardi. Imtihon bo‘ladigan mazilga ham keldik. Turli xil tekshiruvlardan o‘tib jarayonga kirdik. Mening joyim birinchi partada ekan, yonimda bir go‘zal qiz o‘tiribdi. U paytda hech kimga qarash yo‘q . Axir biz ‘abutirriq ‘bo‘lsak. Hech narsa mumkinmas-daaa. Test kitoblari tarqatildi,ochildi, ishlandi,topshirildi.
Ko‘chaga chiqdik, ko‘chada savollar osonligi, 36 tadan 36 ta urishganliigi, kimdir bilmasdan titulga xato qilganligi, yana allanbalolar haqida gapirishar edi. Menda yolg‘iz o‘y: uyga yetib olish va ozodlikni nishoshlash bor edi. Axir 15 kun mandatni kutishim kerak. Ungacha esa maza qilish rejalarini tuzib tashlagan edim. Eng yaxshi ko‘rgan kinolarim, kompyuter o‘yinlar, futbol tomoshalari, eng muhimi - do‘stlar suhbatiga - mushtoq edim. Shu desangiz, 10 kunlardan keyin rejalashtirgan ishlarim jonimga tega boshladi. Va mandatni sabrsizlik bilan kuta boshladim .

Mana o‘sha kun ham keldi. Mandat chiqishi kerak bo‘lgan kun...
Lekin natija yo‘q. Hamma joy ur-yiqit , nega yo‘q, yo‘q bo‘lishidan oldin bormidi ?! Soat 00:00 dan o‘tgandan so‘ng boreee ‘ dedim-da uxlashga yotdim. Tezda ko‘zim ilinibdi. Birozdan so‘ng yig‘i tovushidan uyg‘onib ketdim. Turib borsam, ayajonim telefonga qarab yig‘lamoqdalar.... Telefonga shunday deb yozilgandi:
‘‘Siz davlat granti asosida talabalikka tavsiya etildingiz‘‘.

Ayam bilan rosa xursandlikdan yig‘ladik, keyin esa dadamni uyg‘otib qo‘rqitdik (!)


Siz ham o‘sha kunlarga yaqin qoldingiz, shu sababli tayyorgarlikni bo‘shashtirmang - o‘qing, takrorlang.
Zero bo‘shashdingizmi - kimdir sizdan o‘tib ketishi mumkin.

Otabek To‘laganov

@sirdaryolikuzkanali