Get Mystery Box with random crypto!

ONLINE TEST / tarix

Telegram kanalining logotibi online_tarix_test — ONLINE TEST / tarix O
Telegram kanalining logotibi online_tarix_test — ONLINE TEST / tarix
Kanal manzili: @online_tarix_test
Toifalar: Taʼlim , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 220
Kanalning ta’rifi

Online testlar kun davomida kanalga joylab boriladi.
♻️Link: @Online_Tarix_Test
♻️ Tarix Shahzodbek_Jabborov
♻️ 998913975552
♻️ Bahromjon_Mirzarahmonov
♻️ 998911243212
Test o'tkazuvchi: @Creator_212

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2021-01-31 15:08:45
G'AYRIODDIY KUCHGA EGA QILICH QAYERDA
Dunyoda eng ko'p izlanadigan aksessuarlardan biri bo'lgan Amir Temurning qilichi dastlab Temur vafot etganda (1405-yil) uning maqbaradiga qo'yilgan. Biroq, 1409-yilda o'g'li Shoxruh Mirzo tomonidan islom aqidasiga mos kelmadligi uchun olib tashlangan. Qilichning sirli taqdiri shu voqeadan boshlangan.
Temuriylarning qo'lida bo'lgan bu qilichga sulola tugatilgach Bobur Mirzo egalik qilgan. So'ng, Eron shohi Nodirshoh (1736-1747) ning Hindistonga yurishi paytida o'lja olingan. Aytishlaricha, janglarning birida Nodirshoh qilichni yo'qotib qo'yadi va shu sabab omad undan yuz o'girib, ko'p o'tmay o'ldiriladi.
XIXasrdan boshlab qiymati bir viloyat xiroji baxosidagi Sohibqironning qilichiga buyuk davlatlat qiziqish bildiradi.
Hususan, Napoleon Eron shohidan bu qilichni sovg'a qilishini so'raydi. Ammo, Kavkaz urushi (1823-1826)da Rossiyadan yengilgan shoh qilichni rus imperatorining talabi bilan o'lja sifatida jo'natishga majbur bo'ladi.
@tarixshunos01
165 views꧁༺Izzatillo Usmonov༻꧂, 12:08
Ochish/sharhlash
2021-01-31 15:08:27
Buyuk Xitoy devori dunyodagi eng katta qabristonlardan biri hisoblanadi. Chunki, qurilish vaqtida halok bo'lgan ishchilar g'ishtlar orasiga dafn qilingan .


@tarixshunos01
155 views꧁༺Izzatillo Usmonov༻꧂, 12:08
Ochish/sharhlash
2021-01-31 15:05:06 #Siyosatchilarning kuchli 5 taligi :
5. Barak Obama -2008 yil AQSH prezidenti lavozimiga saylanadi...
2009-yil dunyoni yadro qurolidan xalos qilish yo'lidagi harakatlari uchun Nobel tinchlik mukofotiga sazovor bo'ladi ...


4.Den Syaopin -Xitoy islohotlarining otasi ...
Jamiyatdagi lavozimlarga yoshroq bo'lgan kadrlarni ta'yinlagan,bir qator viloyatlarda maxsus iqtisodiy zona tashkil etgan...

3.Benjamin Franklin- AQSH elchisi ...
Kezi kelganda Prezidentlardan buyukroq ishlarni bajargan :
Ayni damda AQSH ning tashkil topishidagi o'rni beqiyos...


2.Islom Karimov- O'zbekistonning 1-prezidenti ,
davlat mustaqilligi uchun olib borgan siyosatlari(bu haqida ko'plab ma'lumotlar borligi uchun o'zingiz tushunasiz degan umiddamiz) judayam muxim o'rin tutgan...

1. Otto fon Bismark -Germaniyaning "temir kansleri" ...
Agrar yo'nalishda ketayotgan davlatni industrial davlatga aylantirgan ...
Bir qator ijtimoiy iqtisodiy islohotlar o'tkazgan ...

@tarixshunos01
155 views꧁༺Izzatillo Usmonov༻꧂, 12:05
Ochish/sharhlash
2021-01-31 15:03:14
NIQOBDOR- MUQANNA HAQIDA SIZ BILGAN VA BILMAGAN FAKTLAR...

Vlll-asrning 70-80 yillarida movarounnahrda juda katta qo'zg'olon ko'targan bu shaxsning asl ismi Hoshim ibn Hakim bo'lib ,Marvning Koza qishlog'ida tug'ilgan.
NARSHAXIYning yozishicha ,uning bir ko'zi ko'r ,boshi kal va basharasi juda xunuk bo'lgani uchun boshi va yuziga ko'k parda tutib yurgan .
Yoshligida matolarga oxor beruvchilik kasbi bilan shug'ullangan Hoshim
Xurosonda sarxanglikdan vazirlik darajasigacha ko'tarilgan.
Keyinchalik PAYG'AMBARLIKNI da'vo qilgani uchun xalifa Abuja'far Davonaqiy tomonidan Bag'dodda zindonga tashlangan...
Bir necha yil zindonda yotgach yana qutulib marvga kelgan...


Keyinchalik o'z tarafdorlarini yig'ib qo'zg'olon ko'targan...

Qo'zg'olon uchun alohida post qilmoqchimiz...

@tarixshunos01
158 views꧁༺Izzatillo Usmonov༻꧂, 12:03
Ochish/sharhlash
2021-01-31 15:00:21
Erishilgan yutuqlarga mahliyo bo'lib o'tirish,taraqqiyot yo'lidagi eng katta g'ovdir
156 views꧁༺Izzatillo Usmonov༻꧂, 12:00
Ochish/sharhlash
2021-01-31 14:58:53
160 views꧁༺Izzatillo Usmonov༻꧂, 11:58
Ochish/sharhlash
2021-01-31 14:56:38
Amir Temur 100 ming asirni nega qatl ettirgan?
Sohibqiron Hindiston yurishi (1398-1399) davrida asir tushgan va asosan oddiy xalqdan iborat bo'lgan tutqunlarni islomni qabul qilmagani uchun o'ldiradi.
Bunday g'ayriinsoniy xatt-harakat garchi dinga da'vat uchun qilinsa ham muqaddas dinimizda qattiq qoralanadi. Biroq, o'sha davrda din uchun bunday jonbozlik butunislom olamida "avtoritet" bo'lishning zo'r usuli edi.

@tarixshunos01
165 views꧁༺Izzatillo Usmonov༻꧂, 11:56
Ochish/sharhlash
2021-01-31 14:55:56
"Men uyimning darvoza va eshiklarini mahkam berkitib o'tira olmayman. Chunki unga toza havo kirib turishi kerak. Va shu barobarida, eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo'lib, xonadonimni ag'dar-to'ntar qilib, o'zimni yiqitib tashlashini ham xohlamayman."
(Maxatma Gandi)
Tasanno

@tarixshunos01
186 views꧁༺Izzatillo Usmonov༻꧂, 11:55
Ochish/sharhlash
2021-01-31 05:47:21
Saljuqiylar davlati — Yaqin va Oʻrta Sharq, qisman Movarounnahrda saljuqiylar sulolasi boshqargan davlat (1038—1308). Saljuqiylar davlatiga Saljuqning nevarasi Sulton Toʻgrulbek asos solgan. Saljuq turklari XI asrning 20yillarida harbiy xizmatlari evaziga Xurosonda Mahmud Gaznaviydan koʻplab mulklar olganlar. Biroq keyinchalik gʻaznaviylar ularga qarshi lashkar joʻnatib, Arslon Isroil ibn Saljuqni asir olishgan va Hindistondagi harbiy qalʼada tutqunlikda saqlashgan (1032 y. u xibsda oʻlgan). Saljuqiylar gʻaznaviylarga qarshi olib borgan koʻplab muvaffaqiyatli janglaridan soʻng Nishopurni egallab, oʻz rahbarlari Toʻgʻrulbekni sulton deb elon qildilar (1038). Dandanakon jangidagi gʻalabadan soʻng , u Xuroson hukmdori deb eʼlon qilindi. Astasekin saljuqiylar Xuroson, Xorazm, Gʻarbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq (Bagʻdod bilan birga)ni oʻzlariga boʻysundirdilar. Bagʻdodda Toʻgʻrulbek nomiga xutba oʻqitilgan.
246 views꧁༺Izzatillo Usmonov༻꧂, 02:47
Ochish/sharhlash
2021-01-31 05:43:02 O'zbekistonnig 1-prezidenti Islom Karimov olgan mukofotlar!

"O'zbekiston qahramoni" (1994)
"Oltin Yulduz" (1994)
"Mustaqillik" ordeni (1996)
"Buyuk xizmatlari uchun
"Do'stlik" ordeni
"Amir Temur" ordeni (1997)
"Xalqlar do'stligi" ordeni (1988)
"Mehnat Qizil ordeni" (1981)
"Buyuk Vitautas" zanjirli ordeni (2002)
Polsha Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun katta xochli ordeni (2003)
Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun katta xochli va lentali ordeni
Oltin burgut ordeni
Oltin moʻyna ordeni
Uch yulduz ordeni
Knyaz Yaroslav Mudriy ordeni
Ukraina Prezidentining faxriy nishoni
Fuqarolik xizmatlari uchun ordeni (Ispaniya, 2003)
Serbiya Respublikasi lentali ordeni
Mugunxva ordeni (1995)
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Oltin medal (1996)
YuNESCO „Avitsenna“ oltin medali (1996)
YuNESKO „Aristotel“ oltin medali (2007)
Shaxsiy toʻpponcha (Ukraina)
Muqaddas sadoqatli Knyaz Daniil Moskovskiy ordeni (1998)
Shayxulislom ordeni
"Ruhoniyat" maʼnaviyatni qayta tiklashga ko‘maklashish assotsiatsiyasi (Qirg‘iziston) „Xalqlar o‘rtasida tinchlik va totuvlik uchun“ medali va diplomi (1994)

Kanal @Ozbekiston_tarixidan_testlar
213 views꧁༺Izzatillo Usmonov༻꧂, 02:43
Ochish/sharhlash