Get Mystery Box with random crypto!

Online Olimpiada

Telegram kanalining logotibi online_olimpiada — Online Olimpiada O
Telegram kanalining logotibi online_olimpiada — Online Olimpiada
Kanal manzili: @online_olimpiada
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 54.46K
Kanalning ta’rifi

Bu kanalda barcha fanlardan online testlar o'tkaziladi.
Maxsus bot:
@online_olimpiada_bot
Guruh:
@online_olimpiada_group
Reklama haqida ma'lumot:
@online_olimpiada_ads

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2023-07-28 12:38:42 Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz/allow saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.


@xushnudbek
21.7K views09:38
Ochish/sharhlash
2023-07-28 12:38:42 RASMAN: test sinovlari 1-avgustdan 13-avgustgacha bo’ladi

Test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkazilib:

-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.


@xushnudbek
19.5K views09:38
Ochish/sharhlash
2023-07-24 15:42:19
66 yoshingiz muborak bo’lsin, janob Prezident!

O’zbekistonimizning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, yurtimizning barqarorligini mustahkamlash yo’lidagi betinim harakatlaringizda sizga kuch-quvvat tilaymiz. Yoshlarga bildirayotgan ishonchingizni albatta oqlaymiz, yosh avlodning rivojlanishi uchun har jabhada yaratilayotgan imkoniyatlar uchun minnatdormiz!

@alisher_sadullaev
25.8K views12:42
Ochish/sharhlash
2023-07-12 17:00:54 Assalomu alaykum hurmatli kanalimiz a'zolari.

Bugundan kanalimiz yana o'z faoliyatini boshlaydi.
Kanalimizda barcha fanlardan yana testlar o'tkazishni boshlaymiz.

Hozirgi vaqtda oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlariga yaqin qolgani munosabati bilan asosan abituriyentlar uchun blok testlar o'tkazsak har tomonlama manfaatli bo'ladi deb o'ylaymiz.
Shuning uchun kanalimizda kichik so'rovnoma o'tkazamiz.

Ushbu xabarni abituriyent yaqinlaringizga yuborishni unutmang!

@online_olimpiada
28.0K views14:00
Ochish/sharhlash
2023-07-09 03:39:23
#abituriyent

8-iyul soat 09:00 holatiga ko‘ra, 268 ming 360 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan, 136 ming 3 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 132 ming 357 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir.


@xushnudbek
29.1K views00:39
Ochish/sharhlash
2023-07-06 16:30:41 KVOTA-2023
#abituriyent

BAKALAVR:

KUNDUZGI — 127 259 nafar;

SIRTQI — 49 078 nafar;

KECHKI — 11 125 nafar.

MASOFAVIY — 2 825 nafar.

Izoh: nodavlat OTMlardagi kvotalar, qabul natijalari chiqqach davlat OTMlarida super-kontrakt hisobiga olinadigan talabalar hisobiga bu raqam yakunda yana-da ko‘p bo‘ladi.

MAGISTRATURA — 17 128 nafar.

MAQSADLI QABUL:

Sog‘liqni saqlash;

Pedagogika;

Veterinariya;

Ijtimoiy ish;

Xorijiy va nodavlat OTMlar uchun (1 000 ta).

IMTIYOZLI KVOTALAR:

Harbiy tavsiyanomalilar uchun (9 506 ta);

Ehtiyojmand xotin-qizlar uchun (2 000 ta);

5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun (500 ta);

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun (3 803 ta);

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun (1 903 ta);

Harbiylarning farzandlari uchun (hali tasdiqlanmadi);

IIO xodimlari farzandlari uchun (hali tasdiqlanmadi);

Bojxona xodimlari farzandlari uchun (hali tasdiqlanmadi);

Qoraqalpog’istonlik yoshlar uchun (3 000 ta, OTMlar kesimida hali tasdiqlanmadi).


@xushnudbek
5.6K views13:30
Ochish/sharhlash
2023-07-06 15:24:54
Rasman: onlayn imtihon boshlandi!

Barcha qatnashishi kerak boʻlgan, kirish imtihonlari andozasidagi TEKIN onlayn test boshlandi!

YUTUQ: 1.000.000 so'm!

Bugun, 6-iyul Oliygoh.uz va Profi University hamkorligida Respublika miqyosidagi keng qamrovli navbatdagi 52-onlayn diagnostik imtihonga start berildi.

Test vaqti: 09:00 dan 23:59 gacha

Ishtirok etish narxi: BEPUL
Ro'yxatdan o'tish shart!

Kirish
imtihonlari andozasidagi 5 BLOKLI original testlar siz uchun!

Yo'nalish tanlang va ro'yxatdan o'ting!
Rus tili
Nemis tili
Fransuz tili
Huquq + Ingliz tili
Ingliz tili + Matematika
Ingliz tili + Ona tili
Kimyo + Biologiya
Matematika + Ingliz tili
Matematika + Ona tili
Matematika + Fizika
Ona tili + Ingliz tili
Ona tili + Matematika
Ona tili + Tarix
Tarix + Geografiya
Tarix + Ingliz tili
Tarix + Ona tili
Biologiya + Ona tili
Biologiya + Kimyo
Kimyo + Matematika
Geografiya + Matematika
BOSHQA YO'NALISHNI TANLASH

Profi University - 13 ta ta’lim yo’nalishi bo’yicha professional kadrlar tayyorlab kelayotgan, Amerika va Koreya universitetlari bilan hamkorlik qiluvchi universitet.

Test savollari PROTestim testologlari tomonidan tuzilgan!

Testga ro'yxatdan o'tish:
Ro'yxatdan o'tish
Ro'yxatdan o'tish

Test yakunida sertifikat beriladi!
5.7K views12:24
Ochish/sharhlash
2023-07-02 16:22:03
2 июль – “Ўзбекистон Республикаси Давлат герби тўғрисида”ги Қонун қабул қилинган кун.

Қонунга мувофиқ, Давлат герби Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг рамзидир.


@online_olimpiada
15.4K views13:22
Ochish/sharhlash
2023-06-30 17:01:06 Qaysi xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMga imtihonsiz qabul qilinadi?
#abituriyent

2019-yil 3-maydagi PQ-4306-sonli Prezident qaroriga binoan, quyidagi 5 ta xalqaro olimpiada g‘oliblariga davlat OTMlariga test sinovisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilish imtiyozi beriladi:

Xalqaro matematika olimpiadasi – International Mathematical Olympiad (IMO)
Xalqaro fizika olimpiadasi - International Physics Olympiad (IPhO)
Xalqaro kimyo olimpiadasi - International Chemistry Olympiad (IChO)
Xalqaro biologiya olimpiadasi - International Biology Olympiad (IBO)
Xalqaro informatika olimpiadasi - International Olympiad in Informatics (IOI)

Boshqa olimpiadalar-chi?

Yuqorida sanalgan 5 ta xalqaro olimpiadadan boshqa barchasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga test sinovisiz o‘qishga kirish huquqi berilmaydi.

Masalan, asosiy fan olimpiadalarining respublika bosqichida 1, 2 va 3-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga davlat OTMlariga kirish imtihonlarida mutaxassislik fani bo‘yicha maksimal ball olish huquqini beruvchi va uch yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilinadi.

Boshqacha aytganda, respublika fan olimpiadasida sovrindor bo’lganlarga o’sha fandan maksimal ball beriladi xolos. Masalan, kimyo fanidan respublikada kuchli uchlikka kirsa, kimyo fanidan maksimal beriladi. Agar kimyo 1-mutaxassislik fani bo’lsa, unda 93 ball, agar 2-mutaxassislik fani bo’lsa, unda 63 ball beriladi. Boshqa fanlarini o’zi ishlashi kerak bo’ladi.

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan respublika fan olimpiadasida sovrindor bo’lgan o’quvchilarga mutaxassislik fani sifatida matematikadan maksimall ball beriladi.


@xushnudbek
16.3K views14:01
Ochish/sharhlash
2023-06-28 04:37:02
Assalomu alaykum!

QURBON HAYITI MUBORAK BO‘LSIN AZIZLAR

◈━━◈━━◈

@online_olimpiada
18.6K views01:37
Ochish/sharhlash