Get Mystery Box with random crypto!

#bayram 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiya | Online Olimpiada

#bayram

8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

Yurt ravnaqi va xalq farovonligining kafolati bo‘lgan Konstitutsiyamiz erishilayotgan barcha yutuqlarimizning, zabt etayotgan marralarimizning mustahkam huquqiy poydevoridir. Asosiy qomusimizda belgilangan norma va prinsiplar demokratik huquqiy davlat qurish, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashda muhim dasturulamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Konstitutsiyamizga asoslangan holda olib borilayotgan islohotlardan ko‘zda tutilgan eng asosiy maqsad inson va jamiyat farovonligi ekanligi hech kimga sir emas, albatta. Maqsadimiz aniq — demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lini yanada qat’iy davom etish!

Bayram bilan barchani muborakbot etamiz! Yurtimiz doimo tinch, osmonimiz musaffo, xonadonlarimiz obod, tinchligimiz abadiy bo‘lsin!

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 6 bo‘lim, 27 bob, 155 moddadan iborat.


@online_olimpiada