Get Mystery Box with random crypto!

Barcha abituriyentlar diqqatiga! Ma’lumki, bugundan 2023-20 | Online Olimpiada

Barcha abituriyentlar diqqatiga!

Ma’lumki, bugundan 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlanadi.

Test sinovlari 1-avgustdan 13-avgustga qadar ikki smenada:

-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar;
-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Bunda abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari hamda:

-smenada 07:30 ga qadar;
-smenada 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim.

Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinoviga kiritilmaydi!

Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkaziladi va jarayonlarni test2023.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish mumkin bo‘ladi.

Bilimni baholash agentligi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi!

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube