Get Mystery Box with random crypto!

#loyiha #python_basic_uquv_kursi 'Python Basic' o'quv kursi. | Online Olimpiada

#loyiha #python_basic_uquv_kursi

"Python Basic" o'quv kursi.

Ushbu loyiha doirasida IT-SPACE o'quv markazi Python dasturlash tili bo'yicha "Python Basic" o'quv kursi ishchi dasturini tuzdi va 1 oylik bepul o'quv kursini tashkil etishni o'z zimmasiga oldi.

"Python Basic" o'quv kursi 3 oyga mo'ljallangan bo'lib, loyiha doirasida o'qituvchilarga va o'quvchilarga 1 oylik bepul darslar o'tiladi!

"Python Basic" o'quv kursi kimlar uchun mo'ljallangan
Informatika fani o'qituvchilari uchun
IT sohasiga qiziquvchi 8,9,10,11-sinf o'quvchilari uchun

——————————————
So'rovnomada "HA" javobini tanlagan jami 80 nafar qatnashchilarni 4 guruhga bo'lib (1 ta guruhda 20 nafar o'quvchi) 1 oy davomida bepul o'qitish kelishib olindi.

Qaysi maktablardan kelgan o'quvchilar qaysi guruhlarda o'qishini va darslar qachon boshlanishini tez orada jadval shaklida e'lon qilamiz.

"IT-SPACE" o'quv markazi.