Get Mystery Box with random crypto!

Qashqadaryolik o‘quvchilar diqqatiga! Qashqadaryolik tashabbu | Online Matematika

Qashqadaryolik o‘quvchilar diqqatiga!

Qashqadaryolik tashabbuskor o'quv markazlar, KHISO o'quv markazi , Qarshi Xalqaro Innovatsion Universiteti, Yoshlar ishlari agentligi Qarshi bo'limi, Yangi O'zbekiston Universiteti va @piimaolympiad_edu kanali jamoasi hamkorligida Qarshi shahrida 3-4-sinf o'quvchilari uchun matematika fanidan "Qarshi olimpiadasi" o‘tkaziladi.

Olimpiada 1 bosqichda 23-APREL (Yakshanba) kuni soat 10:00 da Qashqadaryo viloyati, Qarshi Xalqaro Innovatsion Universiteti binosida bo'lib o'tadi.

Olimpiada g‘oliblari pul mukofotlari, kitoblar,medallar va homiylar tomonidan taqdim etilgan esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadi. Olimpiadaning mukofot jamg‘armasi 5.000.000 so‘m.

Olimpiadaning o‘tkazilish va g'oliblarning aniqlanish tartibi:
BATAFSIL

Olimpiada 3-4-sinf o'quvchilari uchun va o'quvchilar BARCHA viloyatlardan Qarshi shahriga kelib qatnasha olishadi. Buning uchun ro'yxatdan o'tishlari kerak bo'ladi.

Ro‘yxatdan o‘tish:
@piimaolympiad_bot

Olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul!

Botdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishib chiqishni unutmang.

Telegram kanalga a'zo bo‘ling hamda prezident maktablari va olimpiadalarga biz bilan birga tayyorlaning : @piimaolympiad_edu @pmqashqadaryo @olympiad_edu