Get Mystery Box with random crypto!

#olimpiada_taassurotlari Adolatli bo’linglar, o`zingizning yo | Online Matematika

#olimpiada_taassurotlari

Adolatli bo’linglar, o`zingizning yoki ota-ona va qarindosh-urug`larning zarariga bo`lsada, to`g`ri guvohlik berguvchi bo`linglar!!

@PMTESTS jamoasi 2021-yildan hozirga qadar jami 34 ta yutuqli olimpiada o’tkazdi va umumiy hisobda 45 mln so’m miqdoridagi mablag’ iqtidorli o’quvchilarga mukofot sifatida berildi. Olimpiadalar jarayonida zoom ilovasi yordamida 2000 ga yaqin o’quvchilar bilan bevosita savol-javoblar qilindi (Avvalgi olimpiadalarda katta sinflar ham ishtirok etishgan). Shu vaqt davomida juda ko’p ota-onalar va ustozlar bizlarni qo’llab quvvatlashdi.

Yutuqli olimpiadaning birinchi bosqichi test bo’lgani uchun bizda nazorat qilish imkoni bo’lmaydi. Bunday holatda ayrim ota-onalar va ustozlarning o’quvchiga yordam berishga urinishi haqiqiy g’oliblarni aniqlashni qiyinlashtiradi. Agar qaysidir o’qituvchi yoki ota-ona farzandi uchun olimpiadani yechib bersa, bu adolat mezonini buzadi! Sizdan va farzandingizdan 2-bosqichga o’tishga haqli bo’lgan ammo o’ta olmagan yuzlab o’quvchilar hech qachon rozi bo’lmaydi!!

Yurtimiz taraqqiy topishi uchun biz yoshlarga adolatli bo’lishni o’rgatishimiz kerak. Ko’plab g’arb mamlakatlari ijtimoiy jarayonlarda adolat o’rnatish orqali rivojlanib taraqqiy topdi. Amerikaning Garvard universiteti peshtoqiga adolatning eng buyuk ifodasi hisoblangan Niso surasining 135-oyati yozib qo’yilgan. Muqaddas dinimiz ko’rsatmalariga aslida biz yaxshiroq amal qilishimiz kerak. Buyuk kelajak qurish uchun farzandlarimizga aytishimiz kerak bo’lgan eng zarur jumla:
O`zinga yoki ota-ona va qarindosh-urug'laringga zarar bo'lsada, to'g'ri guvohlik ber! Adolatli bo’l!!

@PMTESTS