Get Mystery Box with random crypto!

Fizika uchun Nobel mukofotini olgach, Maks Plank turli shaharl | Online Erudit SB_TSUL

Fizika uchun Nobel mukofotini olgach, Maks Plank turli shaharlarda odamlarga ma'ruzalar o'qirdi, lekin u hamma joyda bir xil ma'ruza bilan ishtirok etardi. Uning haydovchisi tomoshabinlar qatorida o'tirardi va bir xil ma'ruzani eshitaverganidan yodlab olgandi. Bir kuni haydovchisi Plankka: "Keling bugun o'rningizga men chiqib, ma'ruza qilib ko'raman" deb hazillashadi. Plank rozi bo'ladi. Haydovchi ma'ruza qiladi, Plank esa haydovchining kiyimida tomoshabinlar orasida o'tiradi. Ma'ruza paytida boshqa fizika professori haydovchiga savol beradi. Haydovchi uni diqqat bilan eshitib turadi va: "Shunday olimlar bo'la turib, menga shunday oson savol berishadi deb hech o'ylamagandim. Ruhsatingiz bilan men bu savolga haydovchim javob berishini istardim" deb, haydovchi kiyimidagi Plankni sahnaga taklif qiladi.

Xulosa: turli xil noqulay vaziyatlardan chiqib ketolsangiz, nafaqat o'zingizni, balki yaqinlaringizni ham obro'sini saqlab qolasiz...

Rolf Dobellining "Tiniq fikrlash san'ati" kitobidan