Get Mystery Box with random crypto!

Ko'pchilik sayyoramizda ilgari bitta yaxlit superkontinent bo' | Online Erudit SB_TSUL

Ko'pchilik sayyoramizda ilgari bitta yaxlit superkontinent bo'lganini bilsa kerak. Yana koʻpchilik Pangeya deb nomlanuvchi o'sha superkontinentning bo'linishi aks ettirilgan video illyustratsiyalarni hech boʻlmaganda bir marta ko'rganiga aminman.
Ammo bilasizmi yana taxminan 300 mln yildan keyin hozirgi biz guvoh bo'lib turgan 6 ta kontinent yana birlashib yangi Pangeya Proksima ulkan superkontinentini hosil qilishi mumkin. Olimlar tektonik plitalarning hozirgi yo'nalish va tezliklarini hisobga olib shunday tahminga kelishgan. Yuqoridagi video shuni aks ettiradi.

Qiziqarlisi Buyuk Britaniya oroli 300 mln yilda deyarli oʻzgarishsiz qolar ekan. Videoning o'rtalarida esa Yangi Zelandiya oroli qanday qilib suv ostiga g'arq bo'layotganini ko'rish mumkin.

@online_erudit_sbtsul