Get Mystery Box with random crypto!

Goʻzal qizim! Saodatli boʻlishni xohlasang, orqangdan gapirga | Nurlimoh

Goʻzal qizim!

Saodatli boʻlishni xohlasang, orqangdan gapirganlarga parvo qilma.

Birovning rizqiga koʻz olaytirma.

Boshqalarning nasibasiga qarama.

Gʻiybatchining soʻziga parvo qilma.

Yuragingni gʻash qiladigan mish-mishlarga eʼtibor qilma.

Seni eʼtirof etmaganning, tanqidiga ahamiyat berma.

Osmonga qara.

Daraxtlarga qara.

Qoʻlingdagi neʼmatlarga qara.

Tovogʻingdagi rizqqa qara.

Oyna qarshisiga oʻt, bu dunyoda bittagina boʻlgan oʻzingga qara.

Seni sevgan Robbingning rahmatiga qara.

Kim nima desa desin, sen faqat oʻz amalingga qara.

Soʻngra oʻtir, oʻgirilib qalbingga qara, ana saodat, mana halovat, ana shukr, mana ulkan tashakkur