Get Mystery Box with random crypto!

Kasbiy faoliyat tabiiy ravishda o'z-o'zini hurmat qilishga yor | Nurlimoh

Kasbiy faoliyat tabiiy ravishda o'z-o'zini hurmat qilishga yordam beradi.

Ayni paytda kasbiy faoliyatning shakllanishi o'z-o'zini hurmat qilishning natijasidir.

Kimning ishi o'zini o'zi qadrlashini oshirsa, unda bu inson omadlidir.

O'ziga bo'lgan munosabat, odatda kasb muhitida tan olinishi va o'rni bilan bog'liq. Oskar mukofoti sovrindorining o'zini sevishi, taniqli bo'lmagan teatr truppasi aktyorining o'zini qadrlashidan yuqori bo'lishi aniq. (Istisnolar bo'lishi mumkin.)

Agar bizning harakatlarimiz natijasi boshqalarga yoqsa, o'zimizga hurmat (samoosenka) balandga ko'tariladi. Salbiy fikr bildirilganlarida o'zingizga bo'lgan munosabatingizga zarba beriladi.

Biz tanqiddan xoli emasmiz, bu har kimning kasb hayotida vaqti-vaqti bilan ro'y beradi. Va aynan shu paytlarda o'zini o'zi qadrlash ishonchli qalqon singari vayron qiluvchi tashqi ta'sirlardan himoya qiladi.

Buyuk Albert Eynshteyn aytgan iborasini eslang: "Biz hammamiz daholarmiz. Ammo siz baliqni daraxtga ko'tarilish qobiliyatiga qarab baholasangiz, butun umri davomida u o'zini ahmoq deb hisoblab yashaydi."

@onlayn_psy
@onlaynpsiixolog
@onlayn_psixlogg