Get Mystery Box with random crypto!

Voqelik qanday vujudga keladi? Allaqachon insoniyatga ma'lum | ONG OSTI TABIBI

Voqelik qanday vujudga keladi?

Allaqachon insoniyatga ma'lumki, borliq turli olam qatlamlaridan iborat. Hozirgacha insoniyat aniqlagan eng quyi qatlam bu "Kvant olami" hisoblanadi. Undan keyin esa, "Hujayra va Molekulyar olam", keyingisi esa bizga ko'rinuvchi "mavjudotlar" olami hisoblanadi. Ammo bu hali yakun emas, bizdan keyin ham juda ko'plab olamlar mavjud.
(*ushbu Postda ong darajalari haqida emas, turli olam qatlamlari haqida gap ketadi.)

Sezganingizdek bu post dunyoni fundamental asosi bo'lgan turli qatlamlarni bir-biriga o'zaro ta'siri, sirlari haqida.
Har doimgidek iloji boricha soddalashtirishga harakat qilaman, agar baribir tushunish qiyin bo'lsa, xavotirga tushmang. Dunyoni juda ilmiy tushinishga majbur emassiz!

Keling post mohiyatini anglash osonroq bo'lishi uchun qatlamlarga shartli belgi qo'yib olamiz. Aytaylik "Kvant olamini" "A" olam deb,  hujayra va mavjudlar olamini esa uyg'unlikda "B" olam deb olaylik.
Kvant ilmlaridan xabardorlar bilishadiki, bizni fikrlarimiz vibratsiyasi "A" olamga ta'siri natijasida. Kvant olami uch o'lchamli voqelikni vujudga keltiradi.
Ya'ni "A" olamni huddi barcha narsa bor Omborga qiyoslash mumkin, bizni fikrlarimiz undan nima qidirsa shuni topadi.

Ammo ushbu "A" va "B" olamlarni o'zaro ta'siri borliqning yakuni emas. Keyingi "C" olam ham mavjud. Bu olam shunday kuchga egaki, bizni fikrlarimiz kvant olamini qanday boshqarsa, bizni uch o'lchamli olamimiz ham ushbu "C" olam oldida huddi shu darajaga tushib qoladi. Ya'ni biz yuqori olamlardan keladigan informatsion vibratsiyalar ta'sirida harakatlanamiz. Demakki biz ham kimlar uchundir oddiy "Kvant zarrasimiz"!

Ba'zi postlarda biz yaratmaymiz, biz orqali yuqori kuchlar o'z istaklarini yaratadi deganimda. Ko'plab insonlardan bunga qarshi fikrlar bildirildi.
Ushbu bahslarni sababi shundaki, ular "B" olamni "A" olamga ta'siri haqida maʼlumotlarga ega, ammo aslida "C" olam "B"  olamga informatsion vibratsiyalar yuborgan holda uch o'lchamli mavjudotlar ongiga ta'sir etib voqealarni vujudga keltirishini inobatga olishmaydi.

Ko'plab Regressoliglar va shunga o'xshash ongni yuqori o'lchamlarga bogʻlab informatsiyalar oqimiga ulana oladigan soha vakillariga sir emaski, bizdan ancha yuqori ongli olamlar mavjud ekanligi.
Xo'sh aytingchi? Biz fikrlarimiz orqali Kvant olamini boshqara olar elanmiz. Bizni ham yuqoridan boshqara olishlari mantiqsizlikmi?

Agar bu mavzular ko'pchilikka qiziq bo'lsa keyinroq, "A", "B" va "C" Olamlarni o'zaro informatsion ta'siri haqida ilmiy postlarni ham yozib borishim mumkin!

#tafakkur_qiling