Get Mystery Box with random crypto!

Exosphere

Telegram kanalining logotibi onexosphere — Exosphere E
Telegram kanalining logotibi onexosphere — Exosphere
Kanal manzili: @onexosphere
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 28
Kanalning ta’rifi

Kanal egasi kim:
- Samandar Komilov
- Politecnico di Torino (2/4)
- Embedded systems'ga oshiq, tarixga do'st, web dasturlashga dugona bir student :))

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-03-06 10:46:24 Operasyon müziği

@onexosphere
45 views07:46
Ochish/sharhlash
2023-03-05 23:00:10
#embedded_systems
Bugun Embedded systems (ES) yo'nalishi bo'yicha bir qancha muhim ma'lumotlarni bo'lishmoqchiman:

ES odatda bakalavrni Computer Engineering yo'nalishida tugatganlar uchun magistraturada o'tiluvchi bir necha IT yo'nalishlaridan biridir;

ES bo'yicha o'qish niyatidagi talaba Calculus I,II,III , Physics, Circuit Theory, Computer Architecture, Electronic systems va Computer Networks kabi fanlarni yaxshi o'zlashtirishi kerak;

Microcontroller - ma'lum bir operatsiyani boshqarish uchun mo'ljallangan ixcham integral sxema. ES ning asosini shu chiplar tashkil etadi. Dunyodagi beginnerlar uchun eng mashhur microcontroller - Arduino Uno R3.

Arduino IDE - foydalanish uchun qulay dasturiy ta'minotga asoslangan ochiq manbali elektronika platformasi. ES da microcontrollerlarga C va C++ da kod yozish uchun ishlatiladi. Download

Davomi bor, biroz keyinroq )

@onexosphere
46 views20:00
Ochish/sharhlash
2023-03-05 07:38:36 Mittivine, ayniqsa Farhod Mannopovning videolarini ko'p kuzatardim. Mening favourite vinerlarimdan biri edi. Alloh rahmatiga olgan bo'lsin.

Kimlardir shifoxonani ayblashyapti. Balki shundaydir, lekin "bevaqt oʻlim" bo'lmaydi. Shunday bo'lishi kerak bo'lganki, shifoxona sabab bo'lgan.

Bu voqea bizni ham bir qadar sergaklantirdi deb o'ylayman. O'lim qachon kelishini bilmaymiz. Ajal kelaman desa quvib yetmaydi, kutib oladi...

@onexosphere
163 views04:38
Ochish/sharhlash
2023-03-04 18:34:11
Endi Pythonning qadri bilinyapti

Qanday oson yechsa bo'lardiya, 10 qator ham kod yozish shart emasdi. Ayniqsa stringni teskari qilish uchun str[::-1] qilishlari... Mana endi bu ahvol

Eslatma: C da ham kutubxonasidan strreverse() funksiyasini ishlatsa bo'lar ekan. Lekin bu yaramaydi menimcha, bizga algoritmi kerak )

@onexosphere
37 viewsedited  15:34
Ochish/sharhlash
2023-03-02 22:00:28 #biroz_jiddiy
Time is flying... Bir paytlar 19 yosh bollar ko'zimizga katta ko'rinardi. Endi o'zimiz shundaymiz, lekin hamon o'sha-o'shamiz :)

Boshqa tomondan 2-avlod vakiliga aylanishimizga tobora kamroq vaqt qolmoqda. Aslida ko'p jihatlardan bu yaxshi, lekin mas'uliyati haqida gap ketganda yaxshigina o'yga toladi odam.

Mas'uliyat deganda ehtimol ko'pchilik moliyaviy holat, ta'minot va "o'zini eplash"ni tushunar. Bir jihatdan to'g'ri, bular fundamental tushunchalar. Lekin yana bir eng muhim component is being absent: Yetarlicha ilm bormikin?

@onexosphere
45 viewsedited  19:00
Ochish/sharhlash
2023-02-28 17:17:00 Bugun PDP universiteti olimpiadasining finali bo'lib o'tdi. Bor yo'g'i tashkilotchilardan bo'lsam ham juda xursand bo'ldim ochig'i. Sovrindor ishtirokchilarning quvonchi, musobaqa atmosferasi - umuman hammasi ajoyib. Yangi iqtidorlar kashf etildi va endi ular PDP da o'qishga munosib.

Yo'lni bo'shating, yangi avlod kelyapti!!

@onexosphere
52 views14:17
Ochish/sharhlash
2023-02-28 13:55:54 Tanqidiy fikrlashning o'ldirilishi
E'tibor berganmisiz, bizga bolalikdan har bir tushuncha qanday yozilgan bo'lsa shunday qabul qilish singdiriladi. Eng qizig'i bu faqat sistemaning aybi emas, ota-onalarning - ularga singdirilgan kommunistik g'oyalarning natijasidir.

Inson bolalikda "Bu nima?", "Nega unaqa?" degan savollarni ko'p beradi. Ammo vaqt o'tishi bilan parents/bog'cha/maktab ta'sirida bu xususiyat yo'qolib boradi. Ya'ni sistemaga moslashadi, hali esini tanimasdanoq!

Yodimda, biror narsani so'raganimizda "kitobda nima deb yozgan bo'lsa shu", "direktor nima desa shu" kabi javoblar eshitardik maktabda. Ayniqsa, siz bilgan fakt kitobda boshqacha kelgan bo'lsa ham siz bilganingizni yozishga haqqingiz yo'q - kitob doim haq.

Bu bosqichlardan "muvaffaqiyatli" o'tgan avloddan tanqidiy fikrlashni kutishning o'zi xato. Ayniqsa Sovet tuzumini ko'rgan odamlarni o'zgartirish deyarli imkonsiz. Yagona umid - yangi avlodni to'g'ri tarbiyalashdan...

@onexosphere
51 views10:55
Ochish/sharhlash
2023-02-28 12:34:31
Yaxshi javob bo'libdi. Sizchi nima deb o'ylaysiz, Django bilan React o'rganish yaxshimi yoki ular "bir xil ishorali zaryadlar"mi? :)

P.S. Shu savolni bergan kunim maxsus saqlanib tursin, hali eslab yuraman

28 Feb, 14:35

@onexosphere
38 viewsedited  09:34
Ochish/sharhlash
2023-02-27 09:51:36 Millatni yo'q qilmoqchimisan? Uning ayollari tarbiyasini buz!
37 views06:51
Ochish/sharhlash
2023-02-26 23:02:22 Bir yordamingiz kerak.
Yoshlar siyosati va sport so'zlarini eshitganda nimalar ko'z oldingizga keladi? Qandaydir belgi, rasm yoki video maybe.

Yangi saytning dizayni ustida ishlayotgan edik, xalq fikrini o'rganmoqchi edim. Yordam bersangiz xursand bo'lardim :)

@onexosphere
38 views20:02
Ochish/sharhlash