Get Mystery Box with random crypto!

The Holy Roman Empire: 1st Reich Germaniya tarixidagi 1-reyx | Exosphere

The Holy Roman Empire: 1st Reich
Germaniya tarixidagi 1-reyx bu shubhasiz Muqaddas Rim imperiyasi. Ammo shoshmang, bu davlatning Rimga mutlaqo aloqasi yo'q! Fransuz faylasufi Voltaire so'zlari buni tasdiqlaydi:
- The agglomeration which was called and still calls itself the Holy Roman Empire was neither Holy, nor Roman, nor an Empire.

Ushbu davlat 962-yilda Otto I tomonidan tashkil etiladi va 1806-yilda Napoleon tomonidan tugatiladi. Imperiya 800 yildan ortiq vaqt davomida Yevropada kuch, din va siyosiy jihatlarda eng muhim davlatlardan biri bo'ladi. Qizig'i u yaxlit bir davlat bo'lmagan, balki konfederatsiya boʻlgan. Rasmda ham ko'rish mumkinki, imperiya ko'plab mayda davlatchalardan tashkil topgan.

Bu davlat o'zi nima sabab tashkil etildi va nega nomi bunday?
Rim imperiyasini tiklash. 476-yilda G'arbiy RIm imperiyasi qulagach, Yevropada xristianlarning avvalgi kuchi va imperiyasini qaytarish g'oyasi saqlanib qoladi.
Xristian imperiyasini tuzish. 312-yilda imperator Konstantin I xristian dinini Rim imperiyasining asosiy dini sifatida qabul qilgandan keyin paydo bo'lgan g'oya. Ayniqsa, 600-yillardan boshlab Islom dinining keng yoyilishi g'arb dunyosida ushbu g'oya keng tarqalishiga sabab bo'ldi.
Papal States va Byzantine Empire o'rtasidagi conflict, ya'ni Rim va Konstantinopoldagi cherkovlarning "raqobati" deyish mumkin. Rim uchun Vizantiyaga "qarshi" bir davlat kerak edi va buni Holy Roman imperiyasida ko'rdi.

German Empire: 2nd Reich

@onexosphere