Get Mystery Box with random crypto!

#ilova Oʻlikka emas, oʻzingga yigʻla! “Oʻlim farishtasi har | Oddiy sahifa • ❤️

#ilova

Oʻlikka emas, oʻzingga yigʻla!

“Oʻlim farishtasi har bir uyga bir kunda uch marta nazar soladi. Kirgan uyida kimning rizqi tugab, umri poyoniga yetgan boʻlsa oʻsha odamning jonini oladi. Oʻlim farishtasi vaqti-soati bitgan odamning ruhini olgach, butun oilasi, yaqinlari yigʻini boshlaydilar. Shunda farishta uydan chiqib ketishidan oldin uy odamlariga yuzlanib:
– Axir bu mening oxirgi kelishim emas! Men hali bu uyga to hammaning ruhini olgunimga qadar kelaveraman”, – deb aytadi. Afsuski uydagi odamlar farishtaning bu gaplarini eshitishmaydi. Agar eshitganlarida edi oʻlik qolib, oʻzlari uchun yigʻlagan boʻlardilar.»