Get Mystery Box with random crypto!

ALISHER NAVOIY ASARLARINING MOBIL ILOVALARINI YARATISH BO‘YICH | O'zbek tili va adabiyoti

ALISHER NAVOIY ASARLARINING MOBIL ILOVALARINI YARATISH BO‘YICHA TANLOV E’LON QILINDI

Alisher Navoiyning boy merosini o‘rganishni keng targ‘ib etish maqsadida Alisher Navoiy asarlarining mobil ilovalarini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi.

Tanlovda 30 yoshgacha bo‘lgan, dasturlash sohasiga qiziquvchi yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Siz yaratgan mobil ilova (android) quyidagi talablarga javob berishi lozim:

sifatli, yoshlarbop UI/UX dizayn;
Alisher Navoiy ijodi namunalari: Xamsa, dostonlar, g‘azallar (lotin yozuviga asoslangan o‘zbek tilida).

Tanlovda ishtirok etishni istagan dasturchilar 2021-yil 5-fevralgacha jamoa a’zolari, bog‘lanish uchun telefon raqam, mobil ilova va mobil ilova haqida 200 so‘zdan oshmagan ma’lumotlarni tanlovlar@yoshlar.gov.uz manziliga yuborishlari zarur.

Tanlov g‘oliblari hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholanadi hamda g‘oliblar Apple MacBook Air 13 va diplom bilan mukofotlanadi.