Get Mystery Box with random crypto!

#Iqtibos 2014-yil Toshkent Ona tili, adabiyot va tarix savo | ONA TILI VA ADABIYOT | QUIZ TEST

#Iqtibos


2014-yil Toshkent

Ona tili, adabiyot va tarix savollarini to'la yechib bo'lib, ishonch bilan titul qog'ozga belgiladim. Navbat ingliz tiliga kelganda esa o'zimdagi antiqa odatimni ishga solib, javoblardan birini tanlashga kirishdim. Ko'zlarimni yumdim, ruchkamni qo'limda tutdim va qo'llarimni asta havoda yurg'azib qog'ozning duch kelgan yeriga ruchkani bosdim. 1-savol uchun C javob chiqdi. ( ) Kulimsirab, titulga javobni belgiladim. Harakatlarimni hayron holda kuzatib turgan yonimdagi notanish (ismini hamon bilmasdim) kula-kula savol berdi:
-Nima qilyapsiz?
-Tavakkal, - dedim kulib.
-Qanday antiqa tavakkal bu? - yigit hamon kulardi.
-Ingliz tilini bilmayman, - dedim iymanib yelka qisgancha. - Bir harfga terishga esa ko'zim qiymayapti.
-Shu bois qo'lingizni havoda o'ynatib, qog'ozga bosyapsiz-u, uchragan harfni titulga belgilayapsizmi? - qarshimdagi hamrohim uchun bu holat toza zavq bergandi.
-Shunday, - dedim biroz g'ashim kelib. Yigit qo'limdan savollar varaqasini oldi va unga ko'z tashlagan holda menga so'z qotdi.
-Bu tavakkalingiz bo'lmabdi, men sizga undan yaxshirog'ini o'rgataman. So'ngra titulimni ham o'zi tomon surdi.
-Nima qilyapsiz? - dedim hayron bo'lib.

https://t.me/Asardan_iqtiboslar