Get Mystery Box with random crypto!

Ot soʻz turkumi Turdosh ot: shaxs, narsa-buyum, oʻrin-joynin | ONA TILI VA ADABIYOT | RASMIY KANAL

Ot soʻz turkumi

Turdosh ot: shaxs, narsa-buyum, oʻrin-joyning umumiy otini bildiradi.

Shaxs oti- kim? soʻrogʻiga javob boʻlib, kishilarning yoshiga, yashash joyiga, mansab-unvoniga, kasbiga, ijtimoiy holatiga, qarindoshlik darajasiga va nasl-nasabiga koʻra nomlab keladi. Masalan: bola, oʻsmir

Narsa oti- nima? soʻrogʻiga javob boʻlib, jonli va jonsiz narsalarni bildiradi. Masalan: arslon, shoʻrva

Oʻrin-joy oti - nima?, qayer? soʻroqlariga javob boʻlib, oʻrin-joyning umumiy otini bildiradi. Masalan: Shahar, mahalla

Faoliyat-jarayon oti - nima? soʻrogʻiga javob boʻlib, shaxs va narsalarning faoliyat-jarayonini bildiradi. Masalan: saxiylik, oʻqituvchilik

Mumtozbegim
(Mualliflik huquqi bilan koʻchiringlar hurmatli adminlar)

@TEST_REPETITOR
@ONATILIQUIZTEST kanallarimizga obuna boʻling va biz bilan bilimingizni mustahkamlab boring.