Get Mystery Box with random crypto!

Ot soʻz turkumi 1.Atoqli ot: Shaxs, narsa-buyum, oʻrin-joyga a | ONA TILI VA ADABIYOT | RASMIY KANAL

Ot soʻz turkumi
1.Atoqli ot: Shaxs, narsa-buyum, oʻrin-joyga atab qoʻyilgan otlar boʻlib, xususiylikni bildiradi.

Atoqli otlar 3 turga boʻlinadi:

Shaxs nomi- kishilarning ismi, familiyasi, otasining ismi va tahallusi kiradi. Masalan: Oripova Dildora Rustamovna, Maknuna
Shaxs nomlari doim bosh harf bilan yoziladi va qoʻshtirnoqqa olinmaydi.
Joy nomlari- maʼlum bir geografik hududga atab qoʻyilgan nomlar. Masalan: Toshkent, Gʻallaorol
Mamlakat, oʻlka nomlari qoʻshma soʻz shaklida boʻlganda, har bir soʻzi bosh harf bilan yoziladi. Masalan: Birlashgan Arab Amirligi, Oʻrta Osiyo
Boʻyi, orti, oldi soʻzlari ishtirok etgan joy nomlari doim qoʻshib yoziladi. Masalan: Oʻraloldi, Kavkazorti, Boltiqboʻyi
Joy nomlarining ikkinchi qismi turdosh ot boʻlsa, qoʻshib yoziladi. Masalan: Jiydakapa, Choʻponota
Ikkinchi qismi atoqli otdan iborat boʻlgan joy nomlari ajratib yoziladi. Masalan: Shimoliy Amerika, Gʻarbiy Eron
Narsa nomlari- narsalarga atab qoʻyilgan nomlar. Masalan: Koʻzoynak, Oyna

Quyidagi nomlar tarkibidagi har bir soʻz bosh harf bilan yoziladi:
Mamlakat, oʻlka nomlari. Masalan: Turkiya, Samarqand
Xalqaro tashkilotlar nomlari. Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi
Oʻzbekistondagi eng oliy tashkilot nomlari. Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi
Oʻzbekistondagi oliy mansab nomlari. Oliy Majlis Raisi, Oliy Sud Raisi
Oʻzbekistondagi eng oliy unvonlar. "Oʻzbekiston Qahramoni" unvoni, "Oltin Yulduz" medali

Mumtozbegim
(Mualliflik huquqi bilan koʻchiringlar hurmatli adminlar)

@ONATILIQUIZTEST || kanalimizga obuna boʻling va biz bilan bilimingizni mustahkamlab boring.