Get Mystery Box with random crypto!

HOZIRGI YOSHLAR UCHUN LUG‘AT Quyida menga deyarli har kuni | ONA TILI VA ADABIYOT | QUIZ TEST

HOZIRGI YOSHLAR UCHUN LUG‘AT

Quyida menga deyarli har kuni keladigan xabarlardagi imloviy xato so‘zlarni imlo qoidasiga muvofiq ishlatiladigan asli bilan e'tiboringizga havola qilyapman. Ushbu lug‘atdagi qaysi so‘zni xato ishlatayotgan bo‘lsangiz, to‘g‘ri yoziladiganini bilib olib, bundan keyin xatosiz yozishga odatlaning! Onamizni hurmat qilib, aytganiga kiramiz, Til ham onamiz-ku!..

Izoh: Quyida birinchi xato so‘zlar, keyin ularning to‘g‘ri variantni berildi.

assalom-u ale(y)kum — assalomu alaykum (undov so‘z)
axa — aha (undov so‘z)
xa — ha (tasdiq so‘z)
hop, hup, ho‘p, xop, xup — xo‘p (tasdiq so‘z)
raxmat — rahmat (undov so‘z)
hudo — Xudo (doim bosh harfda yozing)
Allox, Ollox — Alloh, Olloh (doim bosh harfda yozing)
hohlasa, hoxlasa, xoxlasa — xohlasa (fe'l)
hop (xop, hup, xup) boladi (buladi) — xo‘p bo‘ladi (undov so‘z)
uzur — uzr (ot)
yahshi, yahwi, yaxwi — yaxshi (sifat; undov so‘z)
kup, kop — ko‘p (ravish)
tugri, tug‘ri — to‘g‘ri (sifat; modal)
hom — xom (sifat)
hijolat — xijolat (sifat)
aqilli — aqlli (sifat)
ona-tili va adabiyot(i) — ona tili va adabiyot (ot)
taxlil — tahlil (ot)
umur — umr (ot)
xam — ham (yuklama)
xamma — hamma (olmosh)
hayr — xayr (undov so‘z)
hayrli (hayirli) — xayrli (sifat)
xozir — hozir (ravish; sifat)
boldi — bo‘ldi (fe'l)
hato — xato (ot)
tushinarli — tushunarli (sifat)
ruhsat — ruxsat (ot)
maslaxat — maslahat (ot)
tahmin — taxmin (ot)
chunaman — tushunaman (fe'l)
axmoq — ahmoq (sifat)
gurux — guruh (ot)
xayot — hayot (ot)
hayol — xayol (ot)
hulq — xulq (ot)
halq — xalq (ot)
hush kelibsiz — xush kelibsiz (undov so‘z)
muhlis — muxlis (ot)
yuq, yoq — yo‘q (modal so‘z; inkor so‘z)

t.me/onatiliquiztest kanalida
repititor — repetitor (ot)
to‘g‘irlamoq — to‘g‘rilamoq (fe'l)
baht — baxt (ot)
iloxim, illoxim — ilohim (undov so‘z)
hursand, hursan — xursand (sifat)
zor, zur — zo‘r (sifat)
oqimiz, uqi(y)miz — o‘qiymiz (fe'l)
osha, owa — o‘sha (olmosh)
fikir — fikr (ot)
xarakat — harakat (ot)
hol — xol (ot)
holos — xolos (yuklama)
jovob — javob (ot)
baxona, boxona — bahona (ot)
uhlamoq — uxlamoq (fe'l)
xaqiqat(an) — haqiqat(an) (modal so‘z)
maxalla — mahalla (ot)
sog buling (boling) — sog‘ bo‘ling (fe'l)

Husan Maqsudov

@onatiliquiztest kanalida