Get Mystery Box with random crypto!

ONA TILI - QALBIMDA

Telegram kanalining logotibi onatilibu — ONA TILI - QALBIMDA O
Telegram kanalining logotibi onatilibu — ONA TILI - QALBIMDA
Kanal manzili: @onatilibu
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.05K
Kanalning ta’rifi

Ona tili fanidan kanalda e'lon qilingan ma'lumotlar darslik va internet manbalari asosida bo'lib, sizlar uchun ko'mak beradi
https://t.me/joinchat/AAAAAFTqUZJKq-Q2TA_ZPw

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2022-07-08 09:50:11
Ассалому алайкум! Арафа муборак, азизлар!
Сиз-у-бизга неъматларини беминнат, бенуқсон адо этаётган, бажарадиган арзимас яхшилигимизга Жаннат ваъда қилган меҳрибон Аллоҳимга беадад, беҳисоб шукурлар бўлсин!

Эртага мусулмонлар учун энг қадрли кун - Ҳайит байрами!
Ўйлаган барча эзгу ниятларингиз амалга ошсин!

Ҳар бир хонадонда қорилар туғилсин, қориларни дунёга келтирадиган солиҳалар дунёга келсин. Уйланмаганларга Фотима онамиздек қизлар, турмуш қурмаган қизларга Али карамуллоху важҳахудек куёвлар учрасин. Оналар дини исломга хизмат қиладиган фарзандлар улғайтирсин.
Фарзандларимизнинг энг улкан совғаси ~ Ҳаж йўлланмаси бўлсин.

Яхшиликлар ҳамроҳингиз бўлсин!

Жума айёмингиз муборак бўлсин!

https://t.me/onatilibu
811 viewsedited  06:50
Ochish/sharhlash
2022-07-04 05:57:45
#qiziqarli

Dunyoda eng go‘zal deya tan olingan imzo.

Sudanlik bo‘lgan shaxs mana shunday imzo qo‘yar ekan.

Bu imzoni uzoq vaqt rassomlik kursiga qatnaganlar ham o‘xshata olmasa kerak. Bu imzoni qo‘yish uchun o‘sha Sudanlik kishi qancha vaqt sarflar ekan-a? Imzosiga qaraganda bo‘sh vaqti ko‘proq odamga o‘xshaydi...

Yana kim biladi deysiz?
https://t.me/onatilibu
1.3K views02:57
Ochish/sharhlash
2022-07-04 05:50:58 Zamonaviy o‘qituvchi qanday bo‘lishi kerak?

Biz g‘aroyib davrda yashayapmiz: atrofimizdagi olam juda tez surʼatlarda, tanib bo‘lmas darajada o‘zgaryapti. Shuning uchun o‘sib kelayotgan avlod bilan ishlaydigan o‘qituvchi quyidagilarga tayyor bo‘lishi kerak:

O‘zgarish.

Bu eng qiyini, biroq to‘laqonli shaxs sifatida mavjud bo‘lish uchun zarur bo‘lgan shart. Shuning uchun o'zgarishdan va yangiliklarga ochilishdan qo'rmasligimiz bu bizning ustuvor vazifamizdir.

O‘z xatolarini tan olish.

Hech narsa qilmagan kishigina xato qilmaydi. O‘qituvchi esa bundaylar toifasiga kirmasligi aniq. Shunday ekan, kerakli vaqtda o'z xatolarimizni tan olishimiz bizga ziyon keltirmaydi albatta.

Rivojlanish.

Agar jahon surʼati bir necha avlodlar davomida o‘zgarmagan bo‘lsa, hozirda u shu qadar tez surʼatlarda rivojlanyaptiki, buni hech biror so'z bilan ifodalash qiyin. Shunchaki unga yetib olish uchun "oyoqni qo'lga olib yugurish kerak" deya olamiz)

Eng asosiysi, o‘qituvchi zamonaviy o‘quvchilar nima bilan yashayotganini ham tushunishi kerak.

https://t.me/onatilibu
978 views02:50
Ochish/sharhlash
2022-07-04 05:50:16
#kun_iqtibosi

Qattiq ishlang va umidingizni uzmang. Tanqidga ochiq bo’ling va o’rganishda davom eting. O’zingizni baxtli, iliq va chinakam odamlar bilan o’rab oling ». 

Tena Desa
https://t.me/onatilibu
635 viewsedited  02:50
Ochish/sharhlash