Get Mystery Box with random crypto!

ISMLAR HAQIDA So‘zlarni turkumlarga ajratish masalasi eng qad | ADABIYOT SUPER | RASMIY KANAL

ISMLAR HAQIDA
So‘zlarni turkumlarga ajratish masalasi eng qadimgi davrlardan buyon olimlar diqqatini tortib keladi. Tilshunoslikni fan sifatida
shakllantirgan qadimgi hindlar so‘zlarni otlar, fe’llar, yordamchilarga ajratgan edilar.
Hindlarning tilshunoslik g‘oyalari bilan oziqlangan arablar so‘z-
larni uchga: ismlar, fe’llar, yordamchilarga bo‘ladilar.
Hind tilshunoslari fikrlari asosida yunon olimlari, xususan, Arastu
ham so‘zlarni ana shunday uchga ajratadi. Keyinchalik faqat yunonlar ismlar ichidan sifatlarni, sonlarni va olmoshlarni chiqaradilar.
G‘arb tilshunosligida yunonlarning keyingi tasnifi keng tarqaldi.
Rus tilshunoslari ham ana shu an’anaga amal qilib, mustaqil so‘zlarni ot, sifat, son, olmosh, ravish va fe’lga ajratadilar. Aslida, dastlabki to‘rtta so‘z turkumining barchasi nomlar sanaladi: narsaning nomi
(ot), belgining nomi (sifat), miqdorning nomi (son), nomlar o‘rnida almashinib keluvchi so‘zlar (olmosh). Rus tilshunoslari shuning uchun
ularni bir umumiy nom ostida ism bildiruvchi so‘zlar nomi bilan birlashtiradilar.
Bizning ajdodlarimiz qadimdan ot, sifat, son va olmoshlarni
birlashtirgan holda ismlar nomi bilan o‘rganib kelganlar.
Bu so‘z turkumlarining deyarli hammasi egalik, kelishik va ko‘plik shakllari bilan o‘zgaradi. Shuning uchun bu shakllar faqat otlargagina emas, balki sifat, son, olmoshlarga, shuningdek, harakat nomi, sifatdosh va taqlid so‘zlarga ham daxldordir.
ISMLARGA - ot, sifat, son, olmosh, harakat nomi, sifatdosh va taqlid so'zlar kiradi.
Ularning asosiy xususiyati egalik va kelishik qo'shimchalarini olib turlanadi.
Egalik, kelishik, -man, -san ,-miz ,-siz -dir qo'shimchalariga ega bo'lgan shakli munosabat shakllari deyiladi.

Tuzuvchi: Farangiz Keldiyorova

@ONATILI_QUIZ_ADABIYOT
@ONATILI_QUIZ_ADABIYOT