Get Mystery Box with random crypto!

Hammadan yaxshimsiz.... Odamlar ne desa desin barbir, Har bi | ꧁O͜͡N͜͡A͜͡M͜͡G͜͡A꧂

Hammadan yaxshimsiz....

Odamlar ne desa desin barbir,
Har bir ozorizga qilaman sabr,
Axir bu peshona, yozilgan taqdir...
Hammadan yaxshimsiz hammadan yaxshim...

Aybingiz o'zgaga so'ylasam gunoh,
O'zga mukammalni o'ylasam gunoh.
Mukammali kelib qolsa ham biroq,
Hammadan yaxshimsiz hammadan yaxshim...

Ko'zlarda muhabbat kipriklar soya,
Shirin tabassumlar baxtlarga doya,
Gulim keraksan deb qo'ying kifoya
Hammadan yaxshimsiz hammadan yaxshim...

Tillolar bo'ynimga taqmasangiz ham,
Shirin so'zlar ayti boqmasangiz ham,
Eshigim tagida oqmasangiz ham.
Hammadan yaxshimsiz hammadan yaxshim...

Tutib kelsangiz a gullarni dasta,
Sevaman deng so'ngra sekin ovozda.
Bir maktub ham bo'lsin qo'lda qog'ozda.
Hammadan yaxshimsiz hammadan yaxshim...

Qur'onda hofizim bo'ling sultonim,
Joynamoziz bo'lib o'tardim jonim.
Mayli jahl qiling yaxshi yomonim.
Hammadan yaxshimsiz hammadan yaxshim...

O'zgaga boqmayman vafodor bo'lay,
O'zim yaxshiz bo'lay dilozor bo'lay.
Moychechagim deng va oy kabi to'lay...
Hammadan yaxshimisiz, hammadan yaxshim...

Muallif: Moychechak

@ONAMGAA