Get Mystery Box with random crypto!

DARVOZA OLDIDA KUTADI ONAM Darvoza oldida mahzun ezilib Volid | ꧁O͜͡N͜͡A͜͡M͜͡G͜͡A꧂

DARVOZA OLDIDA KUTADI ONAM

Darvoza oldida mahzun ezilib
Volidam intizor kutsalar kerak
“Taftini tuyarman”-deya necha bor
Eshigim oldidan oʻtsalar kerak.

“Yangilab qoʻymay”-deb-“kelinim dardin”
Yoshlarin botinga yutsalar kerak
“Oʻgʻlimdan esdalik”-deya ezilib
Toychogʻim qoʻlidan tutsalar kerak.

Poylarin oʻpmogʻim yiroqqa oʻxshar
Hali koʻp “lazzatlar” totsalar kerak
Bir qancha tunlarni tonglarga ulab
Gʻamimda faryodlar otsalar kerak.

Darvoza oldida umidvor onam
Yoʻlimga intizor kutsalar kerak
“Ehtimol kelgandir bildirmay”-deya
Derazam oldidan oʻtsalar kerak...

Darvoza oldida muntazir onam...

Salim AYYUBIY


➪ @ONAMGAA
Ota onasiga mehribonlar kanali

Yaqinlaringizga ulashing, obuna boʻlishni unutmang!!!