Get Mystery Box with random crypto!

Farzandingizni tinglang! Farzandingiz sizga nisbatan mehribo | ✨𝑶𝒏𝒂𝒍𝒂𝒓_𝒂𝒄𝒂𝒅𝒆𝒎𝒚𝒂𝒔𝒊✨

Farzandingizni tinglang!

Farzandingiz sizga nisbatan mehribon bo'lishini, chiroyli tarbiya va odobga ega bo'lishini istasangiz birinchi navbatda bolangizni tinglashni o'rganing. Nuqul ishdan charchab kelib, turli bahonalar bilan undan uzoqlashsangiz, oila davrasida suhbatlashish o'rniga gadjetlarga mukkangizdan ketsangiz, ijtimoiy tarmoqlarda behuda vaqt o'tkazsangiz farzandingiz sizdan ranjishi tabiiy. U sizdan o'rnak oladi, siz u uchun ko'zgusiz. Bugun siz unga nisbatan qanday muomilada bo'lsangiz, ertaga sizga xuddi shunday munosabatda bo'ladi. Shuni unutmang!

Bolani tarbiya qilishda hech qachon jazolash usullaridan foydalanmang. Xato qilsa birgalikda yechim izlashga harakat qiling. Urushmang, so'kmang, jahl qilmang. Sizga nisbatan qo'rquv paydo bo'lishiga yo'l qo'ymang. Kelajakda sizga yelkadosh bo'lishini istasangiz, birga suhbatlashing, qalban tinglang, ishonamiz, shundagina siz uning hayotidagi eng yaqin va eng yaxshi do'stga aylana olasiz

@Onalar_academyasi