Get Mystery Box with random crypto!

***************** Sendan so‘ng kim uchun yashayman ONA, Minn | 🌸 ONALARGA EHTIROM 🌸

*****************

Sendan so‘ng kim uchun yashayman ONA,
Minnatli qo‘llarga egamanmi bosh?
Bir kuni tashvishdan etsalar pana,
Bir umr soyamga otadilar tosh.

Sendan so‘ng kim uchun yashayman ONA,
Qadrimning qabrini qazganlar qancha.
Yiqilsam yolg‘ondan kuyib pinhona,
Kulganni unutmam o‘la-o‘lguncha.

Izn ber, qo‘y meni qiynama ortiq,
Yashayin qalbingdan qorlarni kurab.
Ularga borimni etsamda tortiq,
Hech biri kelmadi holimni so‘rab.

Sendan so‘ng kim uchun yashayman ONA,
Qaridim, men qishning tashvishin o‘ylab.
Meni yeb bitirar sensiz koshona,
Mavhum kelajakni berolmam so‘zlab.

Shaxzodbek Yo‘ldoshev.

➪@onajonlar_uchun_kanal
𝙾𝚝𝚊 𝚘𝚗𝚊𝚜𝚒𝚐𝚊 𝚖𝚎𝚡𝚛𝚒𝚋𝚘𝚗𝚕𝚊𝚛 𝚔𝚊𝚗𝚊𝚕𝚒..!

𝚈𝚊𝚚𝚒𝚗𝚕𝚊𝚛𝚒𝚗𝚐𝚒𝚣𝚐𝚊 𝚞𝚕𝚊𝚜𝚑𝚒𝚗𝚐