Get Mystery Box with random crypto!

#Tilaklardan_namunalar Assalomu alaykum mushtiparim, dardkash | 💐 ONAJONGINAM 🌺

#Tilaklardan_namunalar

Assalomu alaykum mushtiparim, dardkashim onajonim. Menga faqat yaxshiliklarni tilaydigan, betob bo'lsam ko'zlaridan uyqu qochadigan, doimo Xudodan baxtimni so'rab duolar qilguvchi aziz insonimsiz. Menga otilgan toshlarga o'zini qalqon qiladigan, yaxshiliklarga erishsam hammadan ko'p suyunadigan mehribonimsiz.
Onajonim mehringizga to'ymayman, kulib qarashlaringiz, mehr bilan boqishlaringiz menga kuch beradi. Sizsiz men bemorman. Onajonim omonatim boyligimsiz, o'zimni chiroyligimsiz. Duolaringiz sabab Robbim meni asraydi, qo'llaringizni ko'zimga surtay. Doimo xizmatingizda bo'lay.
Poyingizga gullar sochsam, gullar chiroyingizga hayrondir. Sizni bag'rimga bosib mehringizni yana va yana his etishni istayman. Doimo meni kutadigan, ko'zi yo'llarimda bo'lgan, omadimning sababi, baxtimning yulduzi onajonim.
Atrofimda parvona, bu dunyoda yagona onajonim. Meni oshkorayu pinhona duo qiladigan, keldingmi bolam deb kutib oladigan beozorim, mehribonim onajon.

Yaxshilar aytadilar: Ona kim bilasizmi? Ochligidan o'lim arafasiga kelib qolsa ham eng so'ngi luqmasini, nasibasini senga bera oladigan zot.

Ona kim bilasizmi? Seni dunyoga keltirish uchun qancha azoblar, hattoki o'limga tik boqqan zot onadir.

Boringizga shukr onajonim. Sizning farzandingiz ekanligimdan fahrlanaman va sizni juda yaxshi ko'raman.

Onangiz sizni nomingizdan shunday so'zlar eshitishini istaysizmi?

@onamga_tilagim