Get Mystery Box with random crypto!

#Tilaklardan_namunalar Assalomu alaykum mehri ummon volidam. | 💐 ONAJONGINAM 🌺

#Tilaklardan_namunalar

Assalomu alaykum mehri ummon volidam. Shu yoshga yetishimda, shu kunlarni ko'rishimda mehnati va hissasi eng ko'p singgan, bu yo'lda qiyinchilik va og'riqlarni pisand etmagan mushtiparim, jannatim onajonim. Barcha injiqliklarimni ko'targan, qalbi og'rib turgan vaqtlarda ham menga kulib qaragan, o'zi och bo'lsada meni birinchi to'ydirgan, o'z uyqusidan voz kechib meni uxlatgan, mening kulguyim va baxtim uchun o'zining ko'plab imkoniyatlaridan voz kechgan azizam, mehribon onajonim. Sizning mehringizni, sizning g'amxo'rligingizni hech narsa bilan qiyoslab bo'lmaydi.
Onalarni shunday mehribon va g'amxo'r qilib yaratgani uchun Yaratganga hamdlar aytaman.

Onajonim siz mening jannatimsiz, sizni judayam yaxshi ko'raman. Borligingizning o'zi mening eng katta boyligimdir. Men uchun qilgan mehnatlaringiz, chekkan zahmatlaringiz, uyqusiz o'tgan tunlaringiz, barcha barchasi uchun Yaratgan sizni yaxshiliklar bilan mukofotlasin.
Mening hursandchiligim uchun mendan ko'proq hursand bo'lgan, mening tabassum qalbini yoritib yuborgan, qiynalgan vaqtlarim mendanda ko'proq qiynalgan aziz onajonimsiz.

Baxtimizga doimo sog' salomat bo'ling. Har kuningiz baxtga, quvonchli lahzalarga boy bo'lsin, qalbingiz va yuzingiz doimo baxtdan porlan tursin. Onajonim sizni ranjitganlarim, qalbingizni og'ritib hafa qilganlarim uchun meni kechiring.
Onajonim siz mening OYIMSIZ. Oyga qarasan siz esimga tushasiz, sizga qarasam esa oy esimdan chiqadi. Siz mening go'zallar ichra hushro'yimsiz onajon. Sizdek onani menga nasib etgan yaratganga shukronalarim bo'lsin. Biz uchun doimo o'zingizni asrang, shirindan shakar nabiralaringiz ko'p bo'lsin. Hamisha biz farzandlar va nabiralar ardog'ida bo'ling.

Siz ham onangizga shunday tilaklar o'qib berilishini istaysizmi?

Murajaat va batafsil ma'lumot uchun:
@onamga_tilagim

Onangizga qo'ng'iroq qilish xizmati BEPUL