Get Mystery Box with random crypto!

'{Sabr ortidagi xijobim}' [13-qism] Keyin usha d | Onajonim || Volidam 💔

"{Sabr ortidagi xijobim}"

[13-qism]

Keyin usha dugonam ham menga gapirib charchadimi bilmadim, oʻzim ham unga iltimos hijob haqida gapirmay turing ozroq vaqt, oqishga tayyorlanvoma, oʻqishga kirvoliy bir gap boʻlar yuraverdim ( ) Kunlar utdi vanihoyat maktabni ham bitirdim, maktabdan qutuldim, keyn tikuvchilikka qatnaganman. Usha yerda koʻp dugona topganman. Alhamdullah Ular hijobda edi, 2oy davomida man hechkimga hijob haqida gapirmay yurdim chunki mani usha gaplari bilan qoʻrqitib bulgandi, lekin usha dugonalarim oz hijobga kirish yulidagi hikoyasini aytib berishgan va koʻplab maslahatlar berishdi. Ular gapidan man oʻzimga mativatsiyalar olardim. Men bunday yurolmayman hijobga kirishim shart. Dugonalarimga onamdan qoʻrqishim aytib berganman. Utgan voqealarni uylasam koʻnglim orqaga tortib ketardi( ) shu payt miyamga ammamga aytish fikri kelgan shu zahoti ammamlarkiga borib ammamga dardimni aytganman (ammam chamasi 65 yoshda edi) Ota onamni gaplarini dinni tushunmaslikligini, mani yonimda dalda buladigan inson yuqligini hammasini aytib beib yigʻlab yubordim( ) Ammam keyin: qizim bu sinov! Alloh taoloni sinovi
Sabrli boʻling qizim sabrli boʻling deganlar( ) Keyn men domlaga bordim., Domla menga qanday maslahat berasiz deganimda, Dinimizdan Alloh taolo ota onaga itoat qilish farzandlik burch hisoblanadi, lekin ota onangiz sizni gunohga boshlayotgan bulsa ularga itoat qilmaslikka haqqingiz bor deganlar.! Domla lekin men ota onamdan qattiq qoʻrqaman, men oʻqishga kirib ilm oʻrganish niyatim bor, bu yerda mani ota onam diniy ilm oʻrganishimga qarshilik qilishadi,( ) ilm organishim uchun birdan bir yoʻli oʻqishga kirish domla... Keyin agar hozi men o'ranaman desam ota onam meni erga bervoradi jahl ustida bunga koʻzim yetadi deganman. ( )

Muallif: "Yasina" sinovlardan oʻtgan muslima qizning hikoyasi
Davomi bor


https://t.me/Onajonim_Siz_Jannatim