Get Mystery Box with random crypto!

Asl maʼnosi boshqa yolgʻon soʻzlar... „Men hech kimga kera | Onajonim sizni sog'indim😥

Asl maʼnosi boshqa yolgʻon soʻzlar...

„Men hech kimga kerakmasman” deymiz, haqiqatda esa birgina insonga keraksiz boʻlsak...

“Oʻzim uddalayman” deymiz, yordam soʻragani tortinganimizda...

“Hech nima kerakmas” deymiz, xohlagan narsamizga erisha olmaganimizda...

„Oʻzim, shunchaki” deymiz, jiddiy gaplashish vaqti yetganida...

“Hechqisi yoʻq” deymiz, qalbimiz ozordan zirqirab turganda...

„Senga ishonaman!” deymiz, oʻyin boʻlib qolishdan choʻchisak...

“Hammasi joyida” deymiz, hammasi ostin-ustun boʻlib ketganida...

„Hech gap yoʻq” deymiz, ichimizda dard toʻlib ketganida...

“Tinch qoʻy” deymiz, uni yoʻqotishdan qoʻrqib...

„Hayot – goʻzal” deymiz, dunyo koʻzimizga qorongʻu koʻringanda...

“Seni unutganman” deymiz, surʼatlariga termulib oʻtirib...

„Boshqa yashashni istamayman” deymiz, bizni fikrimizdan qaytarishga urinishlarini istab...
@Onajon_sizni_sogindim